Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Nikolas Maduroni saylovdagi g’alabasi bilan tabrikladi

Prezidentlik manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, ikki yetakchi telefon orqali muloqot qildi.

976852
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Nikolas Maduroni saylovdagi g’alabasi bilan tabrikladi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni saylovdagi g’alabasi bilan tabrikladi.

Prezidentlik manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, ikki yetakchi telefon orqali muloqot qildi.

Erdo’g’an suhbat chog’ida Venesuelada 20 may kuni bo’lib o’tgan prezident saylovlarining birinchi bosqichidayoq g’alaba qozongan Maduroni samimiy tabrikladi.

Prezident Erdo’g’anga e’tibori uchun minnatdorlik bildirgan Maduro ramazon oyi munosabati bilan butun turk xalqini muborakbod etdi.

Ikki yetakchi fursatdan foydalanib, Turkiya bilan Venesuela o’rtasidagi munosabatlarni har sohada jadal rivojlantirishga kelishib oldi.



Aloqador xabarlar