Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos bilan muloqot qildi

Erdo’g’an va Abbos AQShning Isroildagi elchixonasini Al-Qudsga ko’chirishi va Isroilning G’azoda begunoh insonlarni qatl etganligi va bunga o’xshash huquqbuzarliklarni BMT kun tartibiga havola etishga kelishib oldi.

976632
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos bilan muloqot qildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos bilan telefonda muloqot qildi.

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Erdo’g’an Falastin davlat rahbari Mahmud Abbosga sog’ligi tezda tuzalib ketishini tiladi va Falastindagi so’ngi o’zgarishlar haqida fikr almashdi.

Abbosga sog’ayib ketganligidan hursand ekanligini tilga olgan Erdo’g’an 18 aprelda Istanbulda bo’lib o’tgan Islom hamkorlik tashkiloti favqulodda sammiti va uning natijalari haqida ma’lumot berdi.

Ikki yetakchi muvaffaqiyatli o’tgan sammit islom davlatlarining mushtarak pozitsiyasini ko’rsatishi jihatidan muhim ekanligiga diqqat qaratdi.

Erdo’g’an va Abbos AQShning Isroildagi elchixonasini Al-Qudsga ko’chirishi va Isroilning G’azoda begunoh insonlarni qatl etganligi va bunga o’xshash huquqbuzarliklarni BMT kun tartibiga havola etishga kelishib oldi.

Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos Falastinni qo’llab quvvatlagan prezident Erdo’g’anga va butun Turkiyaga shaxsan o’zi va xalqi nomidan minnatdorlik bildirdi.




 



Aloqador xabarlar