Istanbul shahrida Turkiya-Serbiya biznes-forumi bo’lib o’tdi

Forumda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich ishtirok etdi.

965206
Istanbul shahrida Turkiya-Serbiya biznes-forumi bo’lib o’tdi

Kecha Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya-Serbiya biznes-forumi bo’lib o’tdi.

Forumda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich ishtirok etdi.

Tadbirda so’zga chiqqan Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiya-Serbiya o’rtasidagi o’zaro savdo hajmi o’tgan yili 1 mlrd dollardan oshganligini, buni kelgusida 2 yoki 3 mlrd dollarga chiqarish maqsad qilinganligini ma’lum qildi.

“Serbiya prezidenti Vuchich va tadbirkorlar bilan uchrashib turganimdan bahtiyorman. Mazkur tadbir ikki mamlakat uchun yangi hamkorliklarga, loyihalarga va investitsiya faoliyatlariga zamin yaratadi degan umiddaman”,-dedi Turkiya prezidenti.

Prezidentning ta’kidlashicha, Serbiya nafaqat Turkiya uchun do’st mamlakat, balki Bolqonlarda tinchlik va barqarorlikning kalitidir.

Serbiya bilan Turkiya o’rtasida har sohada munosabatlarni rivojlantirish uchun ikki davlatda ham mustahkam iroda mavjudligini tilga olgan Erdo’g’an, Vuchichning Turkiyaga tashrifi bu irodaning ifodasi ekanligini ta’kidladi.

Erdo’g’an bugun o’tkaziladigan Turkiya-Serbiya oliy darajali hamkorlik kengashining 1-yig’ilishi natijasida ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikni yanada yuqori darajaga olib chiqish ko’zda tutilganligini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar