Chavusho’g’li, F-35 iddiolariga to’xtaldi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan Turkiyaga qarshi ba’zi sanksiyalar kiritilajagi haqidagi iddiolarga to’xtaldi.

964883
Chavusho’g’li, F-35 iddiolariga to’xtaldi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan Turkiyaga qarshi ba’zi sanksiyalar kiritilajagi haqidagi iddiolarga to’xtaldi.

Mevlut Chavusho’g’li mamlakatning xususiy bir telekanalida Turkiyaning ba’zi kun tartibi masalasini baholadi.

Chavusho’g’li, F-35 rusumidagi urush uchoqlari savdosining bekor qilinishi haqidagi iddiolarning noto’g’ri ekanligini qayd etib buning, Turkiya va AQSh ittifoqchiligiga to’g’ri kelmasligini, agar yo’lga qoyilgudek bo’lsa ham bunga qarshi Turkiyaning kerakli javobni berajagini ifoda etdi.  

Tashqi ishlar vaziri kelasi hafta AQShning yangi Davlat kotibi Mike Pompeo bilan uchrashuv o’tkazish maqsadida AQShda bo’lishini ham eslatar ekan ortidan Turkiya va Rossiya o’rtasidagi vizasiz rejim haqida ham muhim ma’lumot berdi.

Mevlut Chavusho’g’li bu borada,

“Ruslar vizalarni bu yil butunlay bo’lmasa ham rasmiy va xizmat pasportlari uchun bekor qilinishini taklif qildi. Shu doirada vizalar bu yil cheklangan holda bekor qilinadi” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar