Turkiya tashqi siyosatiga nazar 18-qism

Dasturimizning bugungi sonida Turkiya va atom energiya mavzusi haqida bahs yuritamiz.

962840
Turkiya tashqi siyosatiga nazar 18-qism

                       

Joriy yilda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokida “Oqquyu” atom (AES) elektrostansiyasining qurilishiga start berildi.  Dasturimizning bugungi sonida Turkiya va atom energiya mavzusi haqida bahs yuritamiz.

Rossiya va Turkiya prezidenti Vladimir Putin hamda Rajab Tayyip Erdo'g'an videokonferensiya orqali Turkiyada “Oqquyu” AES qurilishining boshlanish marosimida ishtirok etdi.

1950 yillardan e’tiboran ishonchli manbalardan energiya ishlab chiqarishga bo’lgan intilish energiya sohasidagi eng dolzarb mavzulardan biri edi. 1970 yillar boshida ro’y bergan neft inqirozi bu izlanuvni yanada kuchaytirdi va atom energiyaning asosiy o’ringa chiqishiga zamin yaratdi. Kunimizda atom energiya to’xtovsiz energiya ishlab chiqaruvchi manba sifatida o’z ahamiyatini saqlab qolmoqda.

Atom energiya dunyo bo’yicha elektr ishlab chiqarishda o’ynagan ro’lini tobora oshirmoqda. Xozirda dunyo bo’yicha 31 mamlakatda 400 dan ortiq atom reaktor xizmat bermoqda. Dunyoda eng ko’p AES AQShda mavjud bo’lib, ularning soni 104 nafarni tashkil qiladi. Fransiyada 58 ta, Yaponiyada 54 ta, Rossiyada 32 ta, Janubiy Koreyada 20 ta, Germaniyada 17 ta, Hindistonda 19 ta, Ukrainada 15 ta, Xitoyda 16 ta AES mavjud. Shuningdek, Xitoy, Rossiya va Hindistonda navbatdagi AES qurilishi davom etmoqda. Xitoy xozirda 16 ta bo’lgan atom reaktori sonini 28 nafarga chiqarmoqchi. Bundan tashqari, Bolgariyada  2 ta, Finlandiya va Fransiyada 17 nafardan atom reaktor qurilmoqda. Ispaniyada  Madridga 200 km yaqin bo’lgan hududda 3 ta AES mavjud. Buyuk Britaniyadagi Bradvell AESi Londonga atigi 70 km masofada joylashgan.

Turkiyaning  elektrga bo’lgan ehtiyojini ta’minlashda zarur bo’lgan tabiiy gaz va suyuq yoqilg’ilarning deyarli barchasi, ko’mir yoqilg’isining esa, taxminan 30%i import qilinmoqda.

Turkiya AES salohiyatiga qo’shimcha ravishda shamol, quyosh, geotermal kabi qayta ishlab chiqariladigan energiya imkoniyatlarining deyarli barchasidan foydalangan taqdirda, 2023-yilgacha energiyaga bo’lgan ehtiyojining faqatgina yarmiga yaqinini ta’minlay oladi xalos.

 Qolaversa, Turkiyaning 2023-yilgacha o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan rejalari uchun ham energiya muhim ahamiyat kasb etadi.

500 mlrd dollar eksport hajmi, kishi boshiga tushgan 25.000 dollar milliy daromadi va 2 trillion dollar milliy daromadi bilan dunyoning dastlabki 10 davlati qatoriga qo’shilish uchun AES  barpo etish xozirgi kunda Turkiya uchun bir zaruratga aylandi.

Turkiyada atom energiya loyihalariga doir tashabbus 1950 yillarda boshlangan. Biroq, o’tgan 60 yil mobaynida Turkiyada AES qurilmaganligi mamlakat iqtisodiyoti uchun katta yo’qotishdir. Turkiya bilan ayni yillarda AES faoliyatlarini boshlagan Janubiy Koreya atom texnologiyasini 20 yil ichida juda rivojlantirdi. Turkiyada esa, endigina 2018-yilda “Oqquyu” AESning qurilishi boshlandi. O’tgan jarayonda AES qurilishiga nisbatan to’sqinliklar bugungi kunda Turkiya iqtisodiyotining eng katta muammolaridan biri bo’lgan energiya importiga sabab bo’ldi.

Turkiya energetika vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, “Oqquyu” va “Sinop” AES ishga tushganda Turkiya energiyaga bo’lgan ehtiyojining 20%iga yaqinini bu yerdan ta’minlay oladi. Natijada yilda 16 mlrd m.kub tabiiy gaz import qilmaydi va bu esa, yilda taxminan 7.2 mlrd dollar mamlakat hazinasida qoladi demakdir.

Bir davlatda atom energiyani rejalashtirish jarayoni o’ziga xos texnologik madaniyatni taqazo qiladi. Shu sababdan atom energiya kabi ilg’or texnologiyalar nafaqat elektr ishlab chiqarish imkoniyatini tug’diradi,  balki mamlakat taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shadi. Yangi texnologiyalarni ijod qilish va ularni rivojlantirish ayni paytda, ilmiy, texnik va texnologik hajmni oshirish, sifat darajasini oshirish va sanoatda turli ish o’rinlari yaratilishiga  xizmat qiladi.

Atom texnologiya transferini juda muvaffaqiyatli amalga oshirgan davlatlardan biri Janubiy Koreyaning bu sohadagi tajribalari barchaga ma’lum. Atom texnologiya Turkiyada yuqori  darajada ilmiy va texnologik madaniyatni o’zlashtirishda, texnik ta’lim sifatini oshirishda muhim omil  bo’lib hisoblanadi.  Boshqa sohalar rivojiga ham turtki bo’ladi.

Ushbu loyiha asosida nafaqat Turkiyada, balki Rossiyada ham katta ish imkoniyatlari yaratiladi.  Oliy darajali mutahassislarning yetishib chiqishiga sabab bo’ladi. Xozirda Rossiya oliygohlarida 220 dan ortiq turk talaba atom texnologiyalar bo’yicha tahsil olmoqda. Loyihaning maqsadiga ko’ra, 2023-yilda AESning birinchi energo-blogini xizmatga topshirish rejalanmoqda. Bu loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi Turkiya-Rossiya hamkorligining ramzi bo’lib qoladi.

Shuni aytish joizki, Turkiya nafaqat mintaqada, balki dunyoda o’z o’rnini topishi uchun energiya sohasida katta qadamlar tashlashi zarur. Bu jarayonda atom energiya texnologiyasiga ega bo’lish Turkiyaning rivojiga, farovonligiga, energiyada chetga to’be bo’lmaslikka, xavfsizligiga va mustaqilligiga qaratilgan katta sarmoya bo’ladi desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu faqatgina Turkiya uchun emas, balki Yevrosiyo va Yaqin sharqning tinchligi uchun ham muhim omilga aylanadi.

Otaturk Universiteti Xalqaro aloqalar fakulteti xodimi Dr. Jemil Do’g’ach İpekning mavzuga doir mulohazalarini e’tiboringizga havola qildik.


Tanlangan kalimalar: #Oqquyu AES , #Rossiya , #Turkiya , #energiya , #AES

Aloqador xabarlar