Turkiya tabiiy ofatlarga qarshi kurash bo’yicha ko'plab davlatlarga o'rnak bo'lmoqda

Bangladesh, Myanma, Filippin va Pokiston tabiiy ofatlarga qarshi kurashda Turkiya modelidan foydalanmoqchi.

960725
Turkiya tabiiy ofatlarga qarshi kurash bo’yicha ko'plab davlatlarga o'rnak bo'lmoqda

Bangladesh, Myanma, Filippin va Pokiston tabiiy ofatlarga qarshi kurash bo’yicha Turkiya modelidan foydalanmoqchi.

Shu maqsad bilan Bangladesh, Myanma, Filippin va Pokistondan bir guruh delegatsiya Turkiyaga tashrif buyurdi.

Mazkur tadbir Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKA, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va ODTU Tabiiy ofat markazi hamkorligida tashkil qilindi.

Delegatsiya a’zolari Duzje tabiiy ofatlarni boshqarish markazidagi malaka oshirish dasturida ishtirok etdilar.

12 kishidan tashkil topgan guruh markaz faoliyati haqida ma’lumot oldi va xodimlarning mehnat sharoitlari bilan tanishdi.

Delegatsiya a’zolarining bir qismi Ankara, Istanbul va Bursada turli seminarlarda ishtirok etdilar.

“Delegatsiya a’zolari 1999 yilda Turkiyaning Duzje viloyatida ro’y bergan kuchli zilziladan oldingi va keyingi faoliyatlarni yaqindan kuzatish imkoniga ega bo’ldilar. Turkiyadagi tabbiy ofatlarga qarshi kurash modelini o’rganib, o’z mamlakatlarida turk modelidan foydalanishni rejalashtirmoqdalar. Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi faoliyatlari bilan tanishib, undan o’rnak olishga harakat qilmoqdalar”,-dedi Duzje viloyati tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi direktori Ali Kartal.

 

 

 



Aloqador xabarlar