Turkiya, Rossiya va Eron TIV bugun Moskvada yig’ilish o’tkazadi

Turkiya, Rossiya va Eron Tashqi ishlar vaziri bugun Rossiya poytaxti Moskvada yig’ilish o’tkazadi.

960299
Turkiya, Rossiya va Eron TIV bugun Moskvada yig’ilish o’tkazadi

Turkiya, Rossiya va Eron Tashqi ishlar vaziri bugun Rossiya poytaxti Moskvada yig’ilish o’tkazadi.

Rossiya poytaxti Moskvada Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning mezbonligida uyushtirilgan mazkur yig’ilishda eng avvalo o’zaro ortidan esa, uch tomonli uchrashuvlar amalga oshiriladi.

Suriyadagi oxirgi vaziyat va siyosiy o’tish jarayoni kun tartibining eng muhim masalalaridan biridir.

Shu bilan birga Ostona muzokarasidagi xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan chora va tadbirlar ham muhokama qilinadi.

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Eron Tashqi ishlar vaziri Javad Zarif oxirgi marotaba 15-mart kuni Qozog’iston poytaxti Ostonada o’tkazilgan Suriya haqidagi Tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida uchrashgan edi.

Mazkur uchrashuvda Ostona jarayoni doirasida tashkil etilgan taranglikni kamaytirish hududlarini yo’lga qo’yishni davom ettirish haqida qaror qabul qilingan edi.



Aloqador xabarlar