Turkiya-Rossiya va Eron TIV Moskvada yig’ilish o’tkazmoqchi

Turkiya, Rossiya va Eron Tashqi ishlar vazirlari Rossiya poytaxti Moskvada yig’ilishi o’tkazmoqchi.

959137
Turkiya-Rossiya va Eron TIV Moskvada yig’ilish o’tkazmoqchi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha Ostona muzokarasining kafili hisoblangan Turkiya, Rossiya va Eron Tashqi ishlar vazirlari haftaning shanba kuni Rossiya poytaxti Moskvada yig’ilishi o’tkazmoqchi.

Vazirlikdan shu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li rossiyalik kasbdoshi Sergey Lavrov va eronlik kasbdoshi Javad Zarif bilan 28-aprelda Moskvada uchrashuv o’tkazishi qayd etildi.

Bayonotda shuningdek,

“Yig’ilishda Ostona muzokarasi doirasida olib borilgan hamkorlikning barcha jihatlari qo’lga olinadi va bundan keyingi amalga oshiriladigan faoliyatlarga to’xtalinadi” degan ifodalarga o’rin berildi.

Ostona jarayoni Suriyadagi muammoning hal qilinshiga hissa qo’shish maqsadida uch mamlakatning tashabbusi bilan eng avvalo 2017-yilning yanvar oyida Qozog’iston poytaxti Ostona boshlatilgan edi.

Aytib o’tish joizki Chavusho’g’li, Lavrov va Zarif oxirgi marotaba Ostonada 15-mart kuni o’tkazilgan Suriya haqidagi Tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida uchrashgan edi.



Aloqador xabarlar