Turkiya Nigeriyada, bir cherkovga qarshi uyushtirilgan qurolli hujumni qoraladi

Turkiya Nigeriyaning Benue shtatidagi cherkovga qarshi uyushtirilgan qurolli hujumni keskin qoraladi.

958313
Turkiya Nigeriyada, bir cherkovga qarshi uyushtirilgan qurolli hujumni qoraladi

Turkiya Nigeriyaning Benue shtatidagi cherkovga qarshi uyushtirilgan qurolli hujumni keskin qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan shu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda Nigeriyaning Benue shtatiga qarashli Ayar-Mbalom mintaqasidagi cherkovga qarshi terror hujumi uyushtirilganligi va buning oqibatida bir necha kishining jon berganligi va bu vaziyatning Turkiyani chuqur qayg’uga solganligi ma’lum qilindi.

Bayonotda shuningdek, “Bu dahshatli hujumni qoralab, Nigeriya xalqi va hukumatiga chuqur ta’ziya izhor etamiz” degan ifodalarga o’rin berildi.

Aytib o’tish joizki hujumda 15 kishi jon bergan edi. Jon berganlardan 2 kishining esa ruhoniylardan ekanligi aniqlangan.

Mintaqada vaqti-vaqti bilan cho’pon va dehqonlar o’rtasida nizo yuzaga kelayotgan edi.

Shu doirada oxirgi marotaba shtatga qarashli Guma mintaqasida 5 kun oldin yuz bergan nizoda ham 10 kishi jon bergan.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Nigeriya , #qurolli hujum , #cherkov

Aloqador xabarlar