Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li AQShga jo’nab ketdi

Mavlud Chavushog’li AQShda BMT umumiy kengashi sessiyasida ishtirok etadi.

956746
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li AQShga jo’nab ketdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li rasmiy tashrif bilan AQShga jo’nab ketdi.

Mavlud Chavushog’li AQShda “Tinchlik barpo etish va uni mustahkamlash” nomli BMT umumiy kengashi sessiyasida ishtirok etadi.

24-25 aprel kunlari bo’lib o’tadigan yig’ilishga 72-Umumiy kengash rahbari Miroslav Lajcak mezbonlik qiladi.

Mavlud Chavushog’li mazkur yig’ilishda ma’ruza qiladi.

U ma’ruzasida BMT qoshida tinchlikni barpo etish va uni mustahkamlash faoliyatlariga Turkiyaning qo’shayotgan hissalari haqida ma’lumot beradi.

Mavlud Chavushog’li tashrif doirasida BMT bosh kotibi Antonio Guterres bilan uchrashadi.

Shuningdek, Chavushog’lining turkiyalik va amerikalik jurnalistlar bilan uchrashishi kutilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #Mavlud Chavusho'g’li , #tashrif , #BMT

Aloqador xabarlar