Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Amerikani Fathulloh Gulenni himoya qilganlikda aybladi

Amerikaga hitob qilgan Erdo’g’an: “FETO yetakchisi Fathulloh Gulenni nima uchun deport qilmayabsiz?”,-dedi.

956553
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Amerikani Fathulloh Gulenni himoya qilganlikda aybladi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Fathulloh Gulen harakatining (FETO) orqasida Amerika borligini tilga oldi.

Amerikaga hitob qilgan Erdo’g’an: “FETO yetakchisi Fathulloh Gulenni nima uchun deport qilmayabsiz?”,-dedi.

Erdog’an xususiy telekanalda efirga uzatilgan jonli ko’rsatuvda savollarga javob berar ekan, Fathulloh Gulen harakatiga qarshi kurashda qat’iy bo’lishga e’tibor qaratdi.

Erdo’g’an Amerikani Fathulloh Gulen harakatini va uning yetakchisi Fathulloh Gulenni himoya qilganlikda aybladi.

“Bu shaxsni xozirda Amerika himoya qilmoqda. Uning orqasida Amerika bor va u 400 gektarlik hovlida qiroldek yashamoqda. Bu jinoyatchini “aybdorlarni ekstraditsiya qilish shartnomasi” asosida deport qilishning imkoni yo’qmi? Bu shaxsni deport qil! Ey Amerika! O’rtadagi shartnomaga nima uchun amal qilmayabsan?”,-dedi Rajap Tayyip Erdo’g’an.

Prezidentning ta’kidlashicha, Fathulloh Gulen harakatiga a’zo 83 nafar shaxs xorij davlatlardan Turkiyaga ushlab olib kelindi.

Ayni paytda, Erdo’g’an terror tashkilotlari PKK/PYD va YPGga qarshi kurashda yo’q qilingan jangarilar sonini ham ma’lum qildi.

“Bugungacha Suriyaning Afrin tumanida 4254 ta jangari yo’q qilindi. 10 martda boshlangan harbiy amaliyotlarda Iroq shimolida 346 jangari, chegara hududimizda 240 jangari yo’q qilindi”,-dedi Erdo’g’an.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an terrorizmga qarshi kurash nafaqat Turkiya hududida, balki chegara ortida ham qat’iylik bilan davom etishini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar