Turkiya Arab davlatlari ligasi sammitida olingan qarorga e'tiroz bildirdi

Arab davlatlari ligasi sammitida Turkiya qurolli kuchlarining Afrindan chekinishini talab qilish maqsadida qaror qabul qilindi.

953873
Turkiya Arab davlatlari ligasi sammitida olingan qarorga e'tiroz bildirdi

Arab davlatlari ligasi sammitida Turkiya qurolli kuchlarining Afrindan chekinishini talab qilish maqsadida qaror qabul qilindi.

Bu qaror Turkiya tomonidan qattiq qoralandi.

Shu munosabat bilan Turkiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Hami Akso’y bu haqda bayonot berdi.

“Suriya inqirozi boshlangandan e’tiboran mamlakatda qon va ko’z yoshi tinmadi. Shiddat kamaymadi. Siyosiy jarayonni tezlashtirish va vatanidan mahrum bo’lgan millionlab qochqinlarga quchoq ochgan Turkiya og’ir mas’uliyatni o’z zimmasiga oldi. Turkiyaning bu fidokorligini ko’rmaslikka olish haqqoniyatga to’g’ri kelmaydigan baxtsizlikdir”,-deyiladi bayonotda.

“15 aprel kuni Saudiya Arabistonining Dahron shahrida Arab davlatlari ligasi sammitida qabul qilingan “Suriyadagi o’zgarishlar” nomli qarorda, Turkiya qurolli kuchlari Afrinni tark etishga chaqirildi va buning Suriya inqiroziga yechim topish jihatidan ijobiy qadam bo’lishi ilgari surildi. Bu esa, Afrindagi “Zaytun novdasi” harbiy amaliyotining asl maqsadi idrok qilinmaganligidan dalolatdir”,- dedi Hami Akso’y.

“Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti mamlakatni mudofaa qilish maqsadida amalga oshirilgan terrorizmga qarshi kurash faoliyati ekanligiga diqqat qaratgan Hami Akso’y quyidagilarni tilga oldi:

““Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti Suriyani bo’lishga uringan terror tashkilotiga qarshi olib borilmoqda, ayni paytda mamlakatning siyosiy birdamligini va hududiy yaxlitligini saqlab qolishga xizmat qilmoqda. Shubhasiz, davlatlarning siyosiy birdamligiga, hududiy yaxlitligiga va mustaqilligiga hurmat ko’rsatish Turkiyaning eng ustuvor tamoyillaridan biridir. Ushbu qarorda Suriya inqirozi boshlangandan e’tiboran mamlakatda qon va ko’z yoshini tindirish, shiddatni kamaytirish, siyosiy jarayonni tezlashtirish va vatanidan mahrum bo’lgan qochqinlarni o’z bag’riga bosgan holda, og’ir mas’uliyatni zimmasiga olgan Turkiyaning hissalarini ko’rmaslikka olish haqqoniyatga to’g’ri kelmaydi”.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Suriya , #Arab davlatlari ligasi , #qaror

Aloqador xabarlar