Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan muloqot qildi

Suhbatda Suriyadagi vaziyat va Turkiya-Eron munosabatlari muhokama qilindi.

953447
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan muloqot qildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbatda Suriyadagi vaziyat va Turkiya-Eron munosabatlari muhokama qilindi.

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, suhbat chog’ida Erdo’g’an kimyoviy qurollarning qo’llanilishiga qarshi Turkiyaning munosabati ma’lum ekanligini tilga oldi.

Erdo’g’an vaziyatning yanada salbiy tus olishiga imkon yaratmaslik va hodisalarni his qilgan holda sarhisob qilishning ahamiyatiga to’xtaldi.

Ikki yetakchi Suriyaning hududiy yaxlitligini saqlab qolish va inqirozga mustahkam siyosiy yechim topish uchun Turkiya, Eron va Rossiya hamjihatlikda Astana jarayoni doirasida mushtarak g’ayrat ko’rsatishi zarur ekanligiga e’tibor qaratdi.

Uchrashuvda, Turkiya bilan Eron o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning tobora mustahkamlanib borayotganligidan mamnun ekanliklari tilga olindi.

 

 



Aloqador xabarlar