Erdog’an YPG/ PYDni qo’llab-quvvatlagan g’arb davlatlarini yana bir bor ogohlantirdi

Prezident Erdog’an poytaxt Anqaradagi “Kayash” nomidagi poyezd stansiyasida uyushtirilgan “Bashkentray” ochilish marosimida nutq so’zladi.

950179
Erdog’an YPG/ PYDni qo’llab-quvvatlagan g’arb davlatlarini yana bir bor ogohlantirdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotini qo’llab-quvvatlagan g’arb davlatlarini yana bir bor ogohlantirdi.

Prezident Erdog’an poytaxt Anqaradagi “Kayash” nomidagi poyezd stansiyasida uyushtirilgan “Bashkentray” ochilish marosimida nutq so’zladi.

Erdog’an o’z nutqida, Turq Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida PKK/ KJK/ PYD - YPG va DEASh terror tashkilotini yo’q qilish, do’st va qardosh mintaqa xalqini tazyik va zulumlardan qutqarish maqsadida 20-yanvar kuni boshlatilgan Zaytun novdasi amaliyotiga ham to’xtaldi.

Shu doirada “Suriyadagi amaliyotlarimiz Bashar al-Asad rejimining tazyiki ostidagi millionlab insonning xavfsizligini ta’minlaydi” degan Prezident Erdog’an,

“Hamma suriyaliklarining xavfsizligi ta’minlangunga qadar Suriyada bo’lamiz. DEASh terror tashkilotiga qarshi jiddiy ravishda faqatgina Turkiya kurash olib bordi. Boshqalari esa o’zlarining turli amal va manfaatlari uchun DEASh terror tashkilotidan foydalanish bilan ovora. Shuning uchun ham PYDdek bir terror tashkiloti DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash bahonasi bilan mintaqaga joylashtirildi. Kamiga bir necha g’arblik do’stlarimizning bayroqlari mazkur terror tashkiloti tanklarining yonida ekanligi kuzatildi. PYD terror tashkilotini qutqara olishlariga ishonganlar adashadi” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an “Zaytun novdasi” amaliyoti natijasida bugungacha 4 123 nafar terroristning yo’q qilinganligini qayd etdi.

Suriyaning shimolida, g’arb davlatlari tomonidan qo’llab-quvvatlangan PKK/ PYD-YPG terror tashkilotiga qarshi kurashning davom etajagini ta’kidlagan Erdog’an,

“Nima bo’lishidan qat’iy nazar PYD/YPG terror tashkilotini yo’q qilamiz. Ittifoq davlatlarimizga qarashli askarlarga qurol ko’tarish niyatimiz yo’q albatta lekin ularni terroristlar yonida turishlarini ham tavsiya qilmaymiz. Suriyada hamma yuzidagi niqobini butunlay olib tashlasin va haqiqiy yuzini ko’rsatishini xohlaymiz” dedi.  

 

 



Aloqador xabarlar