Turkiyaning Bitlis viloyatidagi portlashda bir askar halok bo'ldi

“Jandarm qo’mondonligida xizmat qilgan askar terroristlar tomonidan yer maydoniga ko’milgan qo’lbola bombaning portlashi oqibatida halok bo’ldi”,-deyiladi bayonotda.

948860
Turkiyaning Bitlis viloyatidagi portlashda bir askar halok bo'ldi

Turkiyaning Bitlis viloyatida jangarilar tomonidan yerga ko’milgan qo’lbola bomba portladi.

Portlash oqibatida bir askar halok bo’ldi.

Bitlis viloyati hokimligi bu haqda bayonot berdi.

“Jandarm qo’mondonligida xizmat qilgan askar yer maydoniga ko’milgan qo’lbola bombaning portlashi oqibatida halok bo’ldi”,-deyiladi bayonotda.

Shuningdek, butun viloyat bo’ylab terroristlarga qarshi kurash yanada kuchaytirilishi ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, Shirnakning Judi tog’i hududlarida ham terroristlarga qarshi ayovsiz kurash ketmoqda.

Xavfsizlik kuchlari bilan terror tashkiloti PKK jangarilari o’rtasida kuchli otishma ro’y berdi.  Otishmada ikki terrorist yo’q qilindi.

Harbiy bosh shtab bayonotiga ko’ra, operatsiya jarayonida 4 ta kalashnikof piyoda miltig’i, 1 ta M-16 piyoda miltig’i, 2 ta qo’lbola bomba, 120 ta solyut, 1 ta ratsiya va ko’p miqdorda kundalik ashyolar qo’lga kiritildi.

Iroq shimolida joylashgan Kani Rash hududida davom etayotgan operatsiyada esa, 8 ta qo’lbola bomba yo’q qilindi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Bitlis , #terrorist , #askar , #halok bo'ldi

Aloqador xabarlar