Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Afg’onistonga jo’nab ketdi

Binali Yildirim tashrifi chog’ida Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani tomonidan qabul qilinadi.

946763
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Afg’onistonga jo’nab ketdi

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Mo’g’uliston ziyoratini yakunlab Afg’onistonga jo’nab ketdi.

Binali Yildirim tashrifi chog’ida Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani tomonidan qabul qilinadi.

Uchrashuvda Fathulloh Gulen harakatiga qarshi kurash, Turkiya-Afg’oniston munosabatlari va mintaqaviy-xalqaro dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Binali Yildirim Afg’oniston mudofaa vazirligida ham bir qator uchrashuv va muzokaralarni amalga oshiradi.

So’ngra, Afg’oniston ijro hay’ati raisi Abdulloh Abdulloh bilan uchrashadi.

Bo’lib o’tadigan uchrashuvdan so’ng mushtarak matbuot anjumani o’tkaziladi.

Bundan tashqari, Binali Yildirim Afg’onistonda xizmat o’tayotgan turk askarlari bilan uchrashadi.

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimning Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKA tomonidan Afg’onistonda barpo etilayotgan “Shahid Bulent Aydin” masjidi ochilishida ishtirok etishi kutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar