Erdo’g’an Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashdi

Bo’lib o’tgan uchrashuvda Turkiya-Eron munosabatlari ko’zdan kechirildi, mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar bo’yicha fikr almashildi.

944359
Erdo’g’an Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashdi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashdi.

Suriya masalasiga bag’ishlangan Turkiya-Rossiya-Eron uch tomonlama uchrashuvda ishtirok etish maqsadida Turkiyaga tashrif buyurgan Ruhoniy Erdo’g’an tomonidan prezidentlik saroyida kutib olindi.

So’ngra, Erdo’g’an va Ruhoniy o’zaro uchrashuv amalga oshirdi.

Matbuotga yopiq shaklda bo’lib o’tgan uchrashuv bir soat davom etdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda Turkiya-Eron munosabatlari ko’zdan kechirildi, mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar bo’yicha fikr almashildi.

Ruhoniy so’ngra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.

Turkiya-Rossiya-Eron uch tomonlama uchrashuvga mezbonlik qilayotgan Erdo’g’an rasmiy ziyofatdan so’ng Ruhoniy va Putin bilan mushtarak matbuot anjumani o’tkazadi.

Eslatma: Suriyaga bag’ishlangan uch tomonlama uchrashuv o’tgan yili 22 noyabrda Rossiyaning Sochi shahrida bo’lib o’tgandi.

Mazkur uchrashuvga Erdo’g’an, Putin va Ruhoniy ishtirok etgandi.

 

 



Aloqador xabarlar