Bugun Ankarada Turkiya-Rossiya-Eron uch tomonlama uchrashuvi bo’lib o’tadi

Prezidentlik saroyida bo’lib o’tadigan uchrashuvga Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ishtirok etadi.

944048
Bugun Ankarada Turkiya-Rossiya-Eron uch tomonlama uchrashuvi bo’lib o’tadi

Bugun poytaxt Ankarada Suriya masalasiga bag’ishlangan Turkiya-Rossiya-Eron uch tomonlama uchrashuvi bo’lib o’tadi.

Prezidentlik saroyida bo’lib o’tadigan uchrashuvga Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ishtirok etadi.

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, kecha uch davlatning oliy darajali mulozimlari to’planib, uch tomonlama uchrashuv yakunida e’lon qilinishi rejalangan mushtarak dekloratsiya ustida bosh qotirdilar.

Dekloratsiyada Suriyada amaldagi sulh bitimini davom ettirish, Suriyaning xududiy yaxlitligini saqlab qolish va Suriyadagi sulh bitimi qoidalarini buzish holatlariga chek qo’yish kabi xususlarda hamfirklik qayd etilishi kutilmoqda.

Bu jarayonda yana qanday qadamlar tashlanishi bo’yicha ishtirokchi davlatlar tomonidan kiritiladigan takliflar bugun Turkiya, Rossiya va Eron tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi yig’ilishda muhokama qilinadi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Eron tashqi ishlar vaziri Jevad Zarif bugun nonushta paytida ushbu takliflar bo’yicha fikr almashadi.

Tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida qarorlashtiriladigan dekloratsiya uch davlat yetakchilari tomonidan tasdiqlanishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, uch tomonlama uchrashuv doirasida Erdo’g’an va Ruhoniy o’rtasida o’zaro uchrashuv o’tkazilishi rejalangan.

Mazkur uchrashuvda Turkiya-Eron munosabatlari, mintaqaviy va xalqaro dolzarb masalalar bo’yicha fikr almashiladi.

 

 

 



Aloqador xabarlar