Turkiya Prezidenti Rossiyadan S-400 raketalarini tez orada xarid qilinishini bildirdi

Prezident Erdo'g'an, Rossiyadan xarid qilinadigan S-400 raketalarini topshirish tarixining o'zgarganligini bildirdi.

943804
Turkiya Prezidenti Rossiyadan S-400 raketalarini tez orada xarid qilinishini bildirdi

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo'g'an, Rossiyadan xarid qilinadigan S-400 raketalarini topshirish tarixining o'zgarganligini bildirdi.

Prezident Erdo'g'an, poytaxt Anqadaga tashrif etgan Rossiya Prezidenti Vladirim Putin bilan yakkama yakka ko'rishdi.

Prezidentlik saroyida matbuotga yopiq bo'lib 'tgan uchrashuv, 1,5 soat davom etdi.

Keyinchalik "Rossiya-Turkiya oliy darajali hamkorlik yig'ilishiga" qatnashgan rahbarlar qo'shma  matbuot anjumani o'tkazdi.

Erdo'g'an, Putinga saylovdan keyin ilk chet el ziyoratini Turkiyada amalga oshirishidan mamnun ekanligin bildirdi.

Yakkama yakka va hay'atlar aro uchrashuvlarda, o'zaro aloqalarning har tomonlama muhokama qilinganini ifoda etgan Erdo'g'an, ikki o'lka o'rtasida tijorat raqamlarining o'tgan yilga qaraganda 32 % o'sganini va tijorat hajmini 100 milliard dollarga ko'tarishni mo'ljallaganliklarini bildirdi.

Poydevori bugun Mersinda boshlatilgan Akkkuyu atom energiya stansiyaining qurilish jarayonining 2023-yil nihoyasiga yetishidan umidvor ekanliklarini ifoda etgan Erdo'g'an, stansiyaning 20  milliard dollarni o'tgan bir sarmoya ekanligiga diqat qaratdi.

Maruzasida Suriya masalasiga ham toxtalib o'tgan Erdo'g'an, Qozog'istonning poytaxti Ostonada tuzilgan sulh bitimi doirasida ijobiy o'zgarishlar qo'lga kiritilganini bildirib, "Yeratli bo'lmasa ham Suriyada insonlarning qurbon bo'lishining oldi olingandir" dedi.

Turkiya-Rossiya-Erdon o'rtasida bo'ladigan sammitga ham to'xtalib o'tgan Erdo'g'an, "Ertaga Eronlik hamkaspim ham ishtirok etadigan sammit yig'ilishida, Ostona yig'ilishining tafsulotlari, fikr almashuvi uchun fursat bo'ladi" deb so'zladi.

Putinga TQK olib borgan Afrin operatsiyasi haqida ma'lumot berganini qayd etgan Erdo'g'an, "Suriyaning tuproq yaxlitligiga diqat qarattim. Suriyaning kelajagi DEASh va YPG kabi terror tashkilotlariga tashlab qo'yilmaydigan darajada muhim bo'lganiga ishonamiz" deb so'zladi.

Vladimir Putin ham Edog'an bilan o'zaro hamkorlik va mintaqaviy mavzularni muhokama qilganliklarini bildirib, "Turkiya bilan hamkorligimiz davom etmoqda, farqli tashkilotlarga tayyorgarlik ko'rishlari uchun talimot berdik" dedi.

Turk Oqimi bilan aloqali dengiz tomonidan ikki alohida liniya qurilganini qayd etgan Putin, tez orada quruqlikda ham quvur to'shash jarayoni boshlanishini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar