Turkiya harbiy bosh shtabi raisi general Hulusi Akar Afrin amaliyoti haqida bayonot berdi

Hulusi Akar Turkiya qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Afrin tumanida olib borilayotgan “Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti xalqaro huquq va terrorizmga qarshi kurash normalariga amal qilingan holda davom etayotganligini ma’lum qildi.

942440
Turkiya harbiy bosh shtabi raisi general Hulusi Akar Afrin amaliyoti haqida bayonot berdi

Turkiya harbiy bosh shtabi raisi general Hulusi Akar Turkiya qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Afrin tumanida olib borilayotgan “Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti xalqaro huquq va terrorizmga qarshi kurash normalariga amal qilingan holda davom etayotganligini ma’lum qildi.

Hulusi Akar Suriyaga chegaradosh Hatay viloyatida “Zaytun novdasi” harbiy amaliyotiga doir ma’lumot berdi.

“Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti xalqaro huquq tamoyillari asosida olib borilmoqda. Harbiy amaliyotda barcha faoliyatlar xoh harbiy, xoh gumanitar bo’lsin butun dunyoga o’rnak bo’ladigan shaklda davom etmoqda”,-dedi Hulusi Akar.

Harbiy amaliyotda faqatgina jangarilar, terror tashkiloti unsurlari nishonga olinganligiga e’tibor qaratgan Hulusi Akar: “Faqatgina terroristlar va ularga oid boshpanalar, yerto’lalar, qurol-aslaha omborlari, ob’yektlar nishonga olinmoqda. Tinch aholi va begunoh insonlar, tarixiy asarlar va madaniy qadriyatlarga aslo zarar berilmayotir. Ushbu tarixiy asarlar Turkiya qurolli kuchlari uchun daxlsizdir”,-dedi.

 

 



Aloqador xabarlar