Turkiya bilan Nigeriya o’rtasida harbiy ta’lim sohasida bitim

Turkiya bilan Nigeriya o’rtasida harbiy ta’lim sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitim rasmiy gazetada chop etildi.

942566
Turkiya bilan Nigeriya o’rtasida harbiy ta’lim sohasida bitim

Turkiya bilan Nigeriya o’rtasida harbiy ta’lim sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitim rasmiy gazetada chop etildi.

Ankarada imzolangan Turkiya Respublikasi bilan Nigeriya Federal Respublikasi hukumati o’rtasida harbiy ta’lim sohasida hamkorlik bitimiga binoan, tomonlar o’rtasida harbiy o'quv muassasalari barpo etiladi.

Mazkur hamkorlik tinchlikni qo’llab quvvatlash, gumanitar yordam, dengiz qaroqchilariga qarshi kurash,  qarorgoh va harbiy ta’lim muassasalarida xodimlarning malakasini oshirish mashg’ulotlari, harbiy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tarkibining o‘zaro tajriba va bilim almashishlarini amalga oshirish, hay’at va kadr almashtirish, qo’shma mashg’ulotlarda ishtirok etish va mashg’ulotlarni kuzatish uchun mutahassis taklif qilish kabi xususlarni o’z ichiga oladi.  

Ikki davlat harbiy, tarix, arhiv, muzeylararo hamkorlik va ta’lim sohasini rivojlantirish kabi sohalarda ham hamkorlik qiladi.

Bundan tashqari, suv osti ofitser, starshina, xalqaro g’avvos, portlovchi moddalarni qidirib topish, portlovchi qurilmalari va bu kabi sohalarda malaka oshirish kurslari tashkil qilinadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Nigeriya , #harbiy hamkorlik , #bitim

Aloqador xabarlar