Prezident Erdog’an Turkiya-YI sammitini baholadi

Prezident Erdog’an Bolgariyada bo’lib o’tgan Turkiya-Yevropa ittifoqi sammitidan qaytar ekan uchoqda jurnalistlar savoliga javob berdi.

939292
Prezident Erdog’an Turkiya-YI sammitini baholadi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turkiyaga noqonuniy yo’llar orqali kirganligi uchun nazorat ostiga olingan 2 nafar yunonistonlik harbiyning vaziyatiga to’xtalar ekan ular haqidagi qarorning sud tomonidan berilajagini qayd etdi.

Prezident Erdog’an Bolgariyada bo’lib o’tgan Turkiya-Yevropa ittifoqi sammitidan qaytar ekan uchoqda jurnalistlar savoliga javob berdi.

Turkiyada nazorat ostiga olingan ikki nafar yunonistonlik harbiy vaziyatining sammitda kun tartbiga olib chiqilganligini eslatgan Prezident Erdog’an,

“Bu masala ustidan sud jarayoni boshlaganligini yetkazdik. Buning ortidan ular mening buyuk prezident ekanligimni, bu orqali yunon harbiylarini ozod etishga qudratim yetishini ta’kidladilar. Lekin men ularga ham aytganimdek adolatdan buyuk emasman. Shunday ekan sud qarorini kutishimiz shart” dedi.

Prezident Erdog’an yunon harbiylari masalasiga bunchalik to’xtalganlarning Turkiyada, 2016 yili yuz bergan va Fetulllahchi terror tashkiloti tomonidan qo’l urilgan to’ntarish tashabbusiga aralashib ortidan, Yunonistonga qochganlarning Turkiyaga qaytarib berilishi masalasiga hech to’xtalmaslikning nohaqlik ekanligini yetkazganligini ham o’z so’ziga ilova etishni unutmadi.

Prezident shuningdek,

“Albatta biz bu ikki voqeani bir-biriga bog’layotganimiz yo’q. Lekin bizning yurtimizni to’ntarishga tashabbus qilganlar haligacha Yunonistonda. Talab qilishimizga qaramay bizga qaytarib berilmadi. Buni jimjirt o’tirib tomosha qilganlar yunon askarlarning tezlik bilan ozod etilishi uchun yugurib yuripdi” dedi.

Yevropa ittifoqining Turkiyani nohaq tanqid qilish o’rniga, Turkiyaga qarshi ikki yuzlamachilik qilish o’rniga ijobiy munosabatda bo'lishi Turkiya-YI munosabatlarining yaxshilanishiga yo’l ochajagini yetkazganligini ifoda etgan Erdog’an, muloqat yo’llarining ochiq tutishning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratganliklarini va bu borada kelishib olganliklari qayd etdi.

Iroqning Sinjar mintaqasidagi terroristlarga qarshi amaliyot boshlatilish ehtimoli haqidagi savollarga ham javob bergan Prezident Erdog’an, Iroq boshqaruvidan asta-sekin amaliyot boshlatilganligi haqida ma’lumot olinganligini eslatgan holda,

“Sinjardan terroristlarning chiqarilishi ajoyib yangilik. Agar chiqarilmagudek bo’lsa unda chegaramizga atigi 60 kilometrlik uzoqlikdagi Sinjarda ham amaliyot uyushtiramiz” dedi.

Erdog’an, Suriyaning Tel Rifat mintaqasida kuzatiladigan yo’l xaritasi haqidagi savolga qarshi, “bular oldindan m’lum qilinadigan masalalar emas” deb javob berar ekan bunga qo’shimcha sifatida,

“Boradigan bo’lsak bir kunmas bir kun, to’satdan borib qolishimiz mumkin. Buning qachon va qanday bo’lishi haqida oldindan ma’lumot berib, dushmanni uyg’otishdan foyda yo’q” degan ifodalarga o’rin berdi.

Prezident O’rta yer dengizidagi parmalash ishlari ustidan yuz bergan taranglik masalasida esa Turkiyaning bu haqidagi qarorining qat’iy ekanligini ta’kidladi.

U yerdagi tabiiy gaz va neftda xalqaro huquq doirasida kiprlik turklarning ham haqqi borligiga, shuning uchun ham orolning har ikki tomon uchun teng bo’linishi kerakligiga e’tibor qaratgan Erdog’an,

“Lekin grek tomoninig niyati boshqa. Parmalash ishlarini firmalarga qildirmoqchi. Biz esa janub va shimol tomoni uchrashib, xalqaro firma bilan ish yuritib, birgalikda qaror qabul qilishlarini xohlaymiz. Bu vaziyat xalqaro huquq talabiga ham javob beradi. Lekin unutmasdan Yevropa ittifoqining bu masalada xolis munosabatda emasligini ham yetkashimiz darkor” dedi.

  
 

 

 

 



Aloqador xabarlar