Turkiya-Iroq chegarasida 3 jangari SIHA vositasida yo'q qilindi

Turkiya qurolli kuchlari Iroqning Haftanin hududida terror tashkiloti PKKning bir guruh jangarilariga qurolli uchuvchisiz havo vositasi (SIHA) bilan hujum qildi.

937432

Hujumda 3 jangari yo’q qilindi.

Iroqqa chegaradosh Turkiyaning Shirnak viloyati hokimiyati bu haqda ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Turkiya-Iroq chegarasiga 5 km masofada joylashgan Haftanin hududida Bektoriya ta’lim lageri atrofida 4 jangarining borligi uchuvchisiz havo vositasi (dron)  yordamida aniqlandi.

Qurolli uchuvchisiz havo vositasi (SIHA) vositasida yerto’la ichidagi 3 jangari yo’q qilindi.

Operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi.

Aloqador xabarlar