Turkiya tashqi ishlar vazirligi Germaniyani qoraladi

“Germaniya Federal Respublikasi kansleri Angela Merkel bugun federal majlisdagi chiqishida, “Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti haqida haqiqatdan yiroq manbalarga tayangan holda tilga olgan so’zlarini qabul qilish mumkin emas",-deyiladi bayonotda.

935122
Turkiya tashqi ishlar vazirligi Germaniyani qoraladi

Turkiya Germaniya kansleri Angela Merkelning Turkiya qurolli kuchlari tomonidan Afrinda olib borilayotgan harbiy amaliyotga doir so’zlarini tanqid qildi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

Bayonotda, “Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti terrorizmga qarshi kurashda tinch aholiga qanchalik zarar yetkazmasdan olib borilgan holda boshqalarga o’rnak bo’lganligi qayd etildi.

“Afrinda qo’lga kiritilgan ma’lumotlar harbiy amaliyotga qarshi yuritilgan propagandaning darajasini va sifatini namoyon qilmoqda”,-deyiladi bayonotda.

Qolaversa, Afrin xalqi uchun terroristlar tomonidan joylashtirilgan mina va portlovchi moddalardan tashqari, hech qanday tahlika yo’qligi ta’kidlandi.

Terroristlardan qolgan mina va portlovchilar zudlik bilan yo’q qilinib, tinch aholiga zarur sharoit yaratib berilishi ma’lum qilindi.

“Germaniya Federal Respublikasi kansleri Angela Merkel bugun federal majlisdagi chiqishida, “Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti haqida haqiqatdan yiroq manbalarga tayangan holda tilga olgan so’zlarini qabul qilish mumkin emas. Turkiya “Zaytun novdasi” harbiy amaliyotini o’tkazish bilan nafaqat o’z milliy mudofaa huquqidan foydalandi, balki Afrinni terroristlardan qutqarib, o’z egalariga topshirishni maqsad qiladi. Bunga qaramay, ba’zi ittifoqdoshlarimizning vaziyatga terrorist ko’zi bilan qarashini qoralaymiz”,-deyiladi Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

“Ittifoqdoshlarimizni Turkiyani qoralagan holda terrorizmni qo’llab quvvatlovchi davlat bo’lib ko’rinish o’rniga, davlatimiz bilan yaqin hamkorlikda Suriyada doimiy tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik o’rnatish uchun g’ayrat ko’rsatishga da’vat qilib qolamiz”,-deyiladi bayonotda.

 

 



Aloqador xabarlar