Suriyaning Afrin tumanida 3 nafar turk harbiy halok bo’ldi

“Bomba qidirish va yo’q qilish faoliyatlari asnosida qo’lbola bombaning to’satdan portlashi oqibatida 3 harbiy halok bo’ldi, 3 harbiy yaralandi”,-deyiladi bayonotda.

935520
Suriyaning Afrin tumanida 3 nafar turk harbiy halok bo’ldi

Suriyaning Afrin tumanida Turkiya qurolli kuchlari tomonidan olib borilayotgan “Zaytun novdasi” harbiy amaliyoti doirasida terroristlardan qolgan bombalarni qidirish va yo’q qilish faoliyatlari doirasida 3 harbiy halok bo’ldi.

Bu haqda Turkiya harbiy bosh shtabi bayonot berdi.

“Bomba qidirish va yo’q qilish faoliyatlari asnosida qo’lbola bombaning to’satdan portlashi oqibatida 3 harbiy halok bo’ldi, 3 harbiy yaralandi”,-deyiladi bayonotda.

“Bizni chuqur qayg’uga solgan bu voqeada halok bo’lgan aziz shahidlarimizni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin. Shahidlarimizning motamsaro oilalariga, Turkiya qurolli kuchlariga va ulug’ turk xalqiga hamdardlik bildiramiz. Yaralangan qahramon askarlarimizning tezda sog’ayib ketishini tilab qolamiz”,-deya ilova qilinadi bayonotda.



Aloqador xabarlar