Turkiya nazaridan Yaqin Sharq dasturi 12-qism

Dasturimizning bugungi sonida “Zaytun novdasi” amaliyotida TQK va suriyalik muxolafat guruh tomonidan YPG terror tashkilotiga qarshi kuzatilgan strategiyalar haqida so’z qilamiz.

933852
Turkiya nazaridan Yaqin Sharq dasturi 12-qism

Va nihoyat Afrin shahar markazi 18-mart kuni ertalab, bir necha soatlik kurash ortidan TQK va suriyalik muxolafat guruh nazorati ostiga olindi. 

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari joriy yilning 20-yanvari kuni boshlagan “Zaytun novdasi” amaliyoti ma’lum bosqich ortidan tezlashti va bu jarayonda PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotining Turk Qurolli kuchlari va Erkin Suriya armiyasiga qarshi oyoq tirolmaganligi kuzatildi. Amaliyotning ikkinchi oyida har kuni o’n va o’ndan ko’p qishloq va shaharcha qo’lga kiritilar ekan shu bilan birga tez ilgarilashning sababi ommaviy axborot vositalarida muhokama qilina boshladi.

Albatta buning turli sabablari bor. Ulardan biri mahalliy xalqning terror tashkilotini qo’llab-quvvatlamasligi va YPG terror tashkilotining harbiy qobiliyatining yetarsizligi deyishimiz mumkin lekin eng muhimi amaliyotning ikkinchi oyida Turk Qurolli kuchlarining “Zaytun novdasi” amaliyotining birinchi oyida kuzatgan strategiyasidir desak mubolag’a bo’lmaydi. Quyida Turk Qurolli kuchlari kuzatgan huddi ana shu startegiyalarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.

"Zaytun novdasi” amaliyotining ikkinchi haftasida TQK va ularni qo’llab-quvvatlagan suriyalik muxolafat guruhning Afrinda kuzatgan strategiyasi o’zini yana-da yaqqol ko’rsata boshladi. Bunga ko’ra TQK va ESA Afrinda YPG terror tashkilotini bezor qilishga qaratilgan strategiya kuzatdi. Shu doirada amaliyotning birinchi haftasidan e’tiboran TQK eng avvalo startegik tepaliklarni nishonga oldi. Buning uchun og’ir hujumlar uyushtirish yo’li bilan Turk Qurolli kuchlari bilan Erkin Suriya armiyasi 7 boshqa tomondan Afringa kirib borar ekan ikkinchi tomondan hudud va havo sharoitidan foydalangan holda assimetrik urush usullaridan foydalana boshlagan YPG terror tashkiloti, handak va tunnellar ichidan qarshilik ko’rsatishga harakat qildi.

STRATEGIK TEPALIKLAR-TQK va suriyalik muxolafat guruhning YPG terror tashkilotiga qarshi kuzatgan muhim strategiyasi hisoblanadi. “Zaytun novdasi” amaliyoti doirasida bir necha tahlilchi fikrining aksiga TQK va suriyalik muxoliflar YPG terror tashkilotiga qarshi terror tashkilotining o’zini eng yaxshi va eng kuchli his qilgan nuqtasidan turib hujum qilish yo’lini tanlab oldi. Amaliyotning ayniqsa Tel Rifat va Minnag harbiy aeroportidan boshlashi kutilar ekan TQK va suriyalik muxoliflar Turkiya chegarasi ustidan YPG terror tashkilotining nazorati ostidagi tog’lik mintaqalarni nishonga olishni rejalashtirdi. Bu orqali noqulay havo sharoiti va pulemyotchilar yordamida boshlagan amaliyot Afrindagi strategik tepaliklarni qo’lga kiritishni ko’zladi. Shimoldan Bulbul shaharchasining janubidagi Jubayli tog’i va janubi-sharqdagi Shayx tog’i; Shimoli-g’arbdan Raju shaharchasi shimoli va janubidagi tog’lar; Janubi-g’arbdan Shayx Hadid atrofidagi tog’lar; Azez yonidagi Bursaya tog’i TQK va suriyalik muxolafatning birinchi nishoni deb belgilab olingan.

Staretegik tepaliklarni qo’lga kiritish Afrinning geografik shart-sharoiti nazarda tutilganida harbiy ma’noda ancha murakkab bo’lishiga qaramay “Zaytun novdasi” amaliyotining keyingi bosqichlarini qulaylashtirdi. Strategik tepaliklarning qo’lga kiritilishi natijasida bir tomondan YPG a’zolari geografik jihatdan o’z ustunligini qo’ldan boy berar ekan ikkinchi tomondan “Zaytun novdasi” amaliyoti tezlashtirildi. Agar TQK va suriyalik muxoliflar eng avvalo startegik tepaliklarni qo’lga kiritmaganida edi unda YPG terror tashkiloti vaqt o’tishi bilan tog’larga yashirinib, uzoq vatqgacha kurash olib borish imkoniga ega bo’lar edi.   

BEZITISH STRATEGIYASI-TQK va suriyalik muxolafat guruhning YPG terror tashkilotiga qarshi kuzatgan navbatdagi strategiyasi hisoblanadi. Turk Qurolli kuchlarining startegik tepaliklarni qo’lga kiritishga qaratilgan taktikalaridagi eng muhim unsur YPG terror tashkilotini bezitish uchun tashlangan qadamlar desak adashmagan bo’lamiz. “Zaytun novdasi” amaliyotining birinchi bosqichlarida kurash olib borishga tayyor turgan YPG terror tashkilotini bezitishga qaratilgan mazkur staretgiya, qo’shimcha o’q-dori jihatidan hech qanday muammoga duch kelmagan armiyani noqonuniy jangarilarga qarshi ustun qilmoqda. Bezitish strategiyasi doirasida TQK bilan birinchi 5 kun ichida 131 ta havo hujumi uyushtirildi. TQK tomonidan berilgan bayonotga ko’ra jami 251 nuqta yo’q qilindi. Shuningdek ATAK vertolyotlari va Qurolli Haydovchisiz havo transportlaridan ham foydalanildi. YPG terror tashkilotining 4 ming a’zosini yo’qotishi TQKning bezitish strategiyasining tabiiy natijasidir. Afrindagi YPG terror tashkilotiga qarshi quriqlik va havodan uyushtirilgan bombardimonlar vaqt o’tishi bilan YPG terror tashkiloti va ularning mudofaa liniyalariga ziyon yetkazdi. TQKning bezitish strategiyasi natijasida “Zaytun novdasi” amaliyoti chog’ida Rossiyaning geografik jihatdan o’xshash xususiyatga ega bo’lgan Lazkiyadagi strategiyasiga nisbatan mahalliy xalq kamdan-kam yo’qotishga uchradi. Ma’lum bo’lganidek Rossiya Lazkiyada Chechenistonda yo’lga qoygan scorched earth strategiyasidan foydalandi. Shu doirada maqsadsiz amalga oshirilgan hujumlar natijasida mintaqadagi tinch aholi yo jon berdi, yoki o’z uy-joylrini tark etishga majbur qoldi. Turkiya tinch aholiga ziyon yetkazmaslikka harakat qilar ekan Afrin uchun bezitish strategiyasidan foydalanishning to’g’ri ekanligi kuzatildi.

Asimmetrik urush usullari va gibrid metodidan foydalanishni ko’zda tutgan PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkiloti TQK va suriyalik muxolafatga qarshi geografik shartlardan foydalanishga harakat qildi. Necha yillardan beri Afrinda qazilgan tunnellar, handaklar va qurilgan mudofaa liniyalari orqali terroristlar TQK va suriyalik muxolafat guruhning ilgarilashiga monelik qilishga harakat qildi. Tirmashib tog’ga chiqishga harakat qilgan TQK va suriyalik muxolafat guruhga qarshi hujum uyushtirgan YPG a’zolari strategik tepaliklardan turib o’q uzdi. Mintaqaning geografik ma’lumotiga ega bo’lgan YPG terror tashkiloti vaqti-vaqti bilan TQK va suriyalik muxolafat guruhga qarshi kutilmagan joydan hujum qilishga haralat qildi. Buning natijasida TQK va suriyalik muxolafat guruh tomonidan yo’qotishlarga uchragan YPG jangarilari, TQKning bunga qarshilik ko’rsatishi oqibatida ko’pincha ortga tisarilishga majbur bo’ldi.

Kutilganidek YPG Afrinda TQK va suriyalik muxolafat guruhga qarshi bir necha bor tanklarga qarshi boshqarila oladigan raketadan foydalandi. Mazkur qurolning ko’pincha Konkurs bo’lishi YPG terror tashkilotining bu qurol tizimlarini tashqaridan ta’minlagan bo’lishi mumkin degan savolni tug’dirdi. Agar mazkur qurollar tashqaridan ta’minlangan bo’lsa unda u YPG terror tashkilotiga yo Erondagi qo’llab-quvvatlaguvchilari tomonidan yoki AQSh tomonidan Manbij orqali yetkazib berilgan bo’lishi mumkin. Chunki Afrin shahar markaziga qaragan yo’llar TQK va suriyalik muxolafat guruh tomonidan nazorat ostiga olinar ekan YPG terror tashkilotining Afrindagi tanklarga qarshi boshqarila oladigan raketadan foydalanishlari vaqt o’tishi bilan kamayganligi kuzatildi.

YPG terror tashkilotining tinch aholidan qalqon sifatida foydalanishi TQK va suriyalik muxolafat guruh jihatidan eng murakkab faktor bo’ldi. Tinch aholining ziyon ko’rishini xohlamagan TQK bilan suriyalik muxolafat guruh YPG terror tashkilotining tinch aholidan qalqon sifatida foydalanishi yuzasidan ancha qiynaldi. Shuning uchun ham TQK bilan suriyalik muholafat guruh o’z qatoridagi askarlarini yo’qotishni ko’zga olsa ham YPG jangarilariga qarshi ilgariladi.

Natijada TQK bilan suriyalik muxolafat guruhning “Zaytun novdasi” amaliyotida kuzatgan strategiyasining YPGning mintaqadagi jangarilarini yo’q qilishga qaratilganligi ma’lum bo’ldi. Firat qalqoni amaliyotidagi supurish amaliyotining aksiga “Zaytun novdasi” amaliyoti tozalash amaliyoti bo’ldi. Bezitish strategiyasi orqali strategik tepaliklarni nazorat ostiga olgan TQK bilan suriyalik muxolafat guruh, vaqt o’tishi bilan maydondagi yutuqlarini yana-da tez orttirdi, yana-da tez qo’lga kiritdi. Ikki oy davom etgan amaliyot chog’ida YPG/ PYD terror tashkilotining qariyb 4 ming a’zosidan ajralishigha yo’l ochishi TQK uchun harbiy jihatdan katta muvaffaqiyat hisoblanadi. Undan tashqari YPG Afrindagi hudud shart-sharoitini o’z foydasiga ishlatgan holda, TQK va suriyalik muxolafat guruhga qarshi kurashishga harakat qildi. Tuzoqqa tushirish, kutilmagan joydan bostirib kirish, handak va tunnellar ustidan strategiya o’ylab topgan YPGning eng muhim boshpanasini tinch aholidan tashkil topganligi kuzatildi. YPG strategiyasiga qaramay TQK bilan suriyalik muxolafat guruh “Zaytun novdasi” amaliyoti doirasida Afrinni YPG dan muvaffaqiyatli ravishda tozaladi va natijada 18-mart kuni Afrin shahar markazi terror tashkilotidan butunlay qutqarildi.

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari dasturimizning bugungi sonida joriy yilning 20-yanvari kuni Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida boshlatilgan “Zaytun novdasi” amaliyotida TQK va suriyalik muxolafat guruh tomonidan YPG terror tashkilotiga qarshi kuzatilgan strategiyalari haqida qisqacha so’z qildik.



Aloqador xabarlar