Turkiya, Rossiya va Eron Davlat rahbarlari Anqarada yig’ilish o’tkazadi

Turkiya, Rossiya va Eron Davlat rahbarlari Anqarada yig’ilish o’tkazib unda, Suriyadagi oxirgi vaziyatni qo’lga oladi.

931552
Turkiya, Rossiya va Eron Davlat rahbarlari Anqarada yig’ilish o’tkazadi

Turkiya, Rossiya va Eron Davlat rahbarlari joriy yilning 4-apreli kuni Anqarada yig’ilish o’tkazib unda, Suriyadagi oxirgi vaziyatni qo’lga oladi.

Davlat rahbari Rajap Tayyip Erdog’an mazkur uchrashuvda Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin va Eron Davlat rahbari Hasan Ruhoniy bilan uchrashadi.

Yig’ilish, o’tgan yilning noyabr oyida Rossiyaning Sochi shahrida bo’lib o’tgan sammitning davomi hisoblanadi.

Unda uchala davlat rahbari, Sochi sammitidagi natijalar to'g'risidagi hisobotni, Suriyadagi muammoni siyosiy yo’llardan hal qilish masalasi va xavfsiz hududlardagi oxirgi vaziyatni baholaydi.

Yig’ilish oldidan Davlat rahbari Erdog’an va Vladimir Putin Istanbulda alohida uchrashuv o’tkazadi.

Mazkur uchrashuvda ikkala lider ikki mamlakat munosabatini qo’lga oladi.



Aloqador xabarlar