Prezident Erdog’an: “Afringa kiray deb qoldik”.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyoti doirasida Afrin markaziga kirishga oz qolganligini qayd etdi.

931918

Prezident Erdog’an Turkiyaning Mardin shahrida Adolat va taraqiiyot partiyasining viloyat kongressida xalqqa xitob etar ekan

“Afringa kiray deb qoldik. Eng qisqa vaqt ichida suyunchili xabarni berib qolishimiz mumkin” dedi.

Prezident Erdog’an 20-yanvar kuni boshlatilgan “Zaytun novdasi” amaliyoti doirasida bugungacha yo’q qilingan terroristlar sonining 3569 nafarga yetganligini ma’lum qildi.

Afrinda terror tomonidan ochilgan tunnellarga ham to’xtalgan Erdog’an, bu tunnellarning g’arblik do’stlar yordamida ochilganligiga e’tibor qaratdi.

Mazkur tunnellarga yuk tashuvchi mashinalarning ham kira olganligini ifoda etgan Prezident, qurol-yaroq omborxonalarida ham Turkiyaga do’st ko’ringanlar tomonidan terroristlarga berilgan har qanday qurol-yaroqlarning borligini qayd etdi.

Aloqador xabarlar