TQK, Iroq shimolidagi terror obyektlariga qarshi havo hujumi uyushtirdi

Turk Qurolli kuchlari Iroq shimolidagi terror obyektlariga qarshi havo hujumi uyushtirar ekan natijada hozircha terroristlarga oid 8 obyekt yo’q qilindi.

930095
TQK, Iroq shimolidagi terror obyektlariga qarshi havo hujumi uyushtirdi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Iroq shimolidagi Hakurk va Zab mintaqasiga qarshi kecha uyushtirilgan havo hujumi natijasida terroristlarga oid 8 obyekt yo’q qilindi.

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra Iroq shimolidagi terror tashkilotiga oid obyektlarning nazorat ostiga olinishi davom etmoqda.

Shu doirada Hakurk va Zab mintaqasida kashfiyot va kuzatuv vositalari orqali politsiya uchastkalari bilan harbiy bazalar va mintaqadagi birliklarga hujum qilishga tayyorgarlik ko’rganligi aniqlangan terror tashkiloti a’zolariga qarshi havo hujumi uyushtirildi.

Terroristlar tomonidan boshpana va qurol-yaroq mavzelari sifatida foydalanilgan 8 ta obyektni yo’q qilgan urush uchoqlari, xavfsiz ravishda o’z bazalariga kelib qondi.

 



Aloqador xabarlar