Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Ozarbayjonga jo'nab ketdi

“Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim bugun mahalliy vaqt bilan soat 09:00da xususiy samolyotda Ozarbayjonga safar qildi. Binali Yildirim Bakuda o'tkaziladigan 6-Global Baku forumida ishtirok etadi",-deyiladi bayonotda.

929473
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Ozarbayjonga jo'nab ketdi

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim bugun Ozarbayjonning poytaxti Bakuga jo’nab ketdi.

Turkiya bosh vazirlik matbuot xizmati bu haqda bayonot berdi.

“Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim bugun mahalliy vaqt bilan soat 09:00da xususiy samolyotda Ozarbayjonga safar qildi. Binali Yildirim “Nizomiy Ganjaviy” nomidagi xalqaro markaz tomonidan uyushtiriladigan 6-Global Baku forumiga qatnashish maqsadida 14-15 mart kunlari Bakuda bo’ladi”,-deyiladi bayonotda.

Binali Yildirim tashrif doirasida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Ozarbayjon milliy majlis rahbari Oktay Asadov tomonidan qabul qilinadi. Shuningdek, Ozarbayjon bosh vaziri Artur Rasizoda bilan uchrashadi.

Binali Yildirim 6-Global Baku forumi ochilishi doirasida o’tkaziladigan “Kuch: Global kuchlar va boshqalar” nomli panelda nutq so’zlaydi.

Bosh vazir Binali Yildirim forumda ishtirok etadigan bir qator davlat va hukumat rahbarlari bilan o’zaro uchrashuv amalga oshiradi, matbuot va tadbirkorlik jamiyatidan qator vakillar bilan uchrashadi.

Binali Yildirimga turmush o’rtog’i Semiha Yildirim, Ak partiya guruh rahbari o’rinbosari Mehmet Mush, Ak partiya bosh rahbari o’rinbosari Mehdi Eker, Turkiya-Ozarbayjon parlamentlararo do’stlik guruhi rahbari Nejdet Univar, Milliyatchi harakat partiyasi deputati Ekmeleddin Ihsanog’lu va Turkiya oliy majlisining sobiq rahbari Hikmet Chetin hamrohlik qilmoqda.

 



Aloqador xabarlar