Turkiya, NATOga a’zo bo’lmagan davlatlardan qurol xarid qilib olish huquqiga ega

Rossiya poytaxti Moskvadagi Xalqaro munosabatlar universitetida talabalarga xitob etgan Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Turkiyaning Rossiyadan S-400 zenit raketa tizimlari xarid qilib olish masalasiga to’xtaldi.

928944
Turkiya, NATOga a’zo bo’lmagan davlatlardan qurol xarid qilib olish huquqiga ega

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Turkiyaning S-400 rusumidagi qurollarni NATO tarkibida o’rin olmagan davlatlardan olish huquqiga ega ekanligini qayd etdi.

Rossiya poytaxti Moskvadagi Xalqaro munosabatlar universitetida talabalarga xitob etgan Mevlut Chavusho’g’li, Turkiyaning Rossiyadan S-400 zenit raketa tizimlari xarid qilib olish masalasiga to’xtalar ekan bu haqida,

“Turkiya NATOga a’zo lekin biz mustaqil bir davlatmiz. Ittifoqning boshqa davlatlari NATO tarkibida o’rin olmagan davlatlardan qurol xarid qilib olish huquqiga ega. Shunday ekan biz ham shu huquq va erkinlikka egamiz” dedi.

Chavusho’g’li, Turkiyaning S-400 tizimlarini Suriya va boshqa davlatlarda foydalanish niyatida emasligini ifoda etdi.

Turkiyaning S-400 tizimlarini faqatgina milliy xavfsizligi uchun xarid qilib olish niyatida ekanligini qayd etgan Chavusho’g’li,

“Bu tizimlarni Zaytun novdasi yoki bunga o’xshash boshqa amaliyotlar chog’ida foydalana olmaymiz. Ulardan faqatgina tuproqlarimizni himoya qilish maqsadidagina foydalana olamiz” deya gapirdi.  

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Turkiyaning Mersin shahrida quriladigan Akkuyu Atom elektrostantsiyasining poydevorining kelasi oyda Prezident Rajap Tayyip Erdog’an va Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin ishtirokida qo’yilajagini ham ma’lum qildi.

Mevlut Chavusho’g’li marosim ortidan Prezident Erdog’an bilan Vladimir Putinning Anqarada uchrashuv o’tkazajagini ham o’z so’ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar