“Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri 2872 terrorist yo’q qilindi

TQK tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyoti boshlaganidan beri roppa-rosa 2872 terrorist yo’q qilindi. Bu haqida Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan bayonot berildi.

923640
“Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri 2872 terrorist yo’q qilindi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyotida yo’q qilingan terroristlar soni 2872 nafarga yetdi.

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan shu haqida berilgan bayonotda, “Zaytun novdasi” amaliyoti doirasida quriqlikdan va havodan bugun uyushtirilgan amaliyotlar natijasida PKK/KJK/PYD-YPG va DEASh terror tashkiloti a’zolaridan yana 77 terroristning yo’q qilinganligi; Afrinning Harabat, Charanli va Shirkan qishloqlari bilan Sheran shaharcha markazining terroristlardan tozalanganligi ma’lum qilindi.

Bayonotda shuningdek amaliyot boshlagan 20-yanvardan beri Afrinning 4 ta shaharcha markazi, 117 ta qishlog’i, 30 ta muhim nuqta bo’lish bilan birga jami 147 ta mintaqa nazorat ostiga olingan.

Terroristlarni yo’q qilish uchun quriqlikdan va havodan amaliyot davom etmoqda. 

 



Aloqador xabarlar