Turkiya, Rossiya va Eron TIV Ostonada yig’ilish o’tkazadi

Turkiya, Rossiya va Eron Tashqi ishlar vazirlari 16-mart kuni Qozog’iston poytaxti Ostonada yig’ilish o’tkazadi.

923692
Turkiya, Rossiya va Eron TIV Ostonada yig’ilish o’tkazadi

Turkiya, Rossiya va Eron Tashqi ishlar vazirlari 16-mart kuni Qozog’iston poytaxti Ostonada yig’ilish o’tkazadi.

Qozog’iston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan shu haqida berilgan yozma ravishdagi bayonotga ko’ra mazkur yig’ilishda, Suriya to’g’risidagi Ostona jarayonining kafil mamlakatlari hisoblangan Turkiya, Rossiya va Eron Tashqi ishlar vazirlari o’zlarining bir yillik hamkorlik natijalarini ko’rib chiqib, bundan keyingi mushtarak faoliyatlarini belgilab oladilar.

Shuningdek yig’ilishdan bir kun oldin texnik moyihatda kichik yig’ilish o’tkazilib unda, Suriyada nazorat ostiga olinganlarning ozod etilishi, janozalarning topshirilishi va bedarak yo’qolganlarning qidirilish masalalari qo’lga olinadi.

Bayonotda,

“Tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida kuzatuvchi davlatlar bilan suriyalik tomonlarning taklif qilinmasligi rejalashtirilmoqda” degan ifodalarga ham o’rin berildi.

Shuningdek yig’ilishda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo'yicha maxsus vakili Staffan de Misturaning taklif qilinajagi ilova etildi.

O’tgan 2017-yilning 23-24-yanvari kunlari boshlatilgan jarayonda, kafil mamlakatlar yig’ilishi oxirgi marotaba 21-22-yanvar kunlari bo’lib o’tgan. Unda mazkur davlatlar Suriyada nazorat ostiga olinganlarning ozod etilishi, janozalarning topshirilishi, bedarak yo’qolganlarning qidirilishi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha qo’mitasi UNESCO himoyasi ostidagi tarixiy hududning minalardan tozalanishi uchun komissiya tashkil etilgan edi.



Aloqador xabarlar