Turkiyada, motamda...

TQK, Suriyaning Afrin hududida olib borilgan Zaytun novdasi operatsiyalari chog'iga 8 nafar Turk askari shahid bo'ldi.

921193
Turkiyada, motamda...

Turkiyada, motamda...

Turk Qurolli Kuchlari tomonidan (TQK) Suriyaning Afrin hududida olib borilgan Zaytun novdasi operatsiyalari chog'iga 8 nafar Turk askari shahid bo'ldi.

Bosh shtab boshqarmasining bergan bayonotiga, Zaytun novdasi operatsiyasida 8 askarning shahid bo'lgani, 13 askarning tan jarohati olgani bildirildi.

Bayonotda, "Bag'rimizga tushgan bu dardu-alam, hujumda hayotini yuqotgan shahidlarimizga Ollohdan rahmat, oilalari, Turk Qurolli Kuchlari va Turk millatiga ta'ziya va sabr, yaradorlarimizga shifo tilaymiz" deb bildirildi.

Rasmiy ziyorat doirasida Senegalda bo'lgan Prezident Rejep Tayyip Erdo'g'an, Afrin dalasida ro'y bergan to'qnashuv haqida Bosh shtab boshqaruvi rahbari Hulsi Akar va Ichki ishlar vaziri Suleyman Soyluga qo'ng'iroq qilib ma'lumot oldi.

Prezidentlik manbalariga ko'ra, to'qnashuvda askarlarning hayotini yuqotishidan chuqur qayg'u his etgani bildirilgan Erdo'g'anning, shahidlarga Ollohdan rahmat yaradorlarga shifo tilagani bildirildi.

Prezident Erdo'g'an, shahidlarning oilalari va boshda Jandarm bo'lib barcha xavfsizlik kuchlariga hamdardlik bildirdi.



Aloqador xabarlar