Turkiya va Rossiya xavfsizlik bo'yicha hamkorlikni kuchaytirmoqchi

Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Sergey Shoygu, Turkiya va Rossiya o'rtasidagi aloqalarni xavfsizlik kengashi darajasida oshirishga tayyor ekanligini bildirdi.

2151400
Turkiya va Rossiya xavfsizlik bo'yicha hamkorlikni kuchaytirmoqchi

 

Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Sergey Shoygu, Turkiya va Rossiya o'rtasidagi aloqalarni xavfsizlik kengashi darajasida oshirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Rossiya Xavfsizlik Kengashi Kotibiyati matbuot xizmati tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Sergey Shoygu kecha poytaxt Moskvada Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Shoygu shunday dedi:

"Rossiya-Turkiya aloqalarini xavfsizlik kengashlari darajasida oshirishga tayyorman. Milliy razvedka tashkiloti direktori İbrahim Kalin,  munosib vaqtda Rossiyaga tashrif buyurishi kutilayotgan Milliy Mudofaa Vaziri Yashar Guler va Milliy Xavfsizlik Kengashi Kotibi Seyfullah Hajimuftuog'luga salomlarimni yetkazaman dedi.

“Men bu yil Moskva yoki Anqarada xavfsizlik masalalari boʻyicha keng koʻlamli ikki tomonlama maslahatlashuvlar oʻtkazishni taklif qilaman”, - dedi u.

Kotibiyat tomonidan berilgan bayonotda, Shoygu-Fidan uchrashuvida Rossiya-Turkiya xavfsizlik sohasidagi hamkorlikning ikki tomonlama va ko'p tomonlama formatda muhokama qilingani bildirildi.

“Strategik teng huquqli ikki tomonlama sheriklikni, jumladan, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashni rivojlantirish niyati tasdiqlandi”. Deya bayonotlar kiritildi.

 

 



Aloqador xabarlar