Turkiya BMTning G'azoda o't ochishni to'xtatish qarorini muhim deb atadi

Turkiya, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi (UNSC) tomonidan kecha qabul qilingan G'azoda o't ochishni to'xtatish qarori, buni “qirg‘inga barham berish yo‘lidagi muhim qadam” deb ta’riflagan.

2151375
Turkiya BMTning G'azoda o't ochishni to'xtatish qarorini muhim deb atadi

 

Turkiya, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi (UNSC) tomonidan kecha qabul qilingan G'azoda o't ochishni to'xtatish qarori, buni “qirg‘inga barham berish yo‘lidagi muhim qadam” deb ta’riflagan.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qilingan yozma bayonotda, qaror muhim qadam ekanligi ta'kidlandi.

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tomonidan 10-iyun kuni qabul qilingan G’azoda o’t ochishni to’xtatishga doir 2735-sonli rezolyutsiya, G‘azodagi qirg‘inga barham berish yo‘lidagi muhim qadam deb bilamiz”, dedi.

Bayonotda, HAMASning o't ochishni to'xtatish rejasiga nisbatan "konstruktiv va ijobiy" yondashuvi mamnuniyat bilan qabul qilinganligi ta'kidlandi va quyidagilar qayd etildi:

“Isroil doimiy ravishda o‘t ochishni to‘xtatishga rioya qilish va ushbu qarorning barcha elementlarini to‘liq bajarish majburiyatini olishi shart.

 Turkiya urushni butunlay to'xtatishni, Isroilning butun G'azodan chiqib ketishini, garovga olinganlar va mahbuslarni o'zaro ozod qilishni talab qiladi.

Ko‘chirilgan falastinliklarning G‘azoga qaytishi, insonparvarlik yordamlarining uzluksiz va yetarli darajada yetkazilishi hamda G‘azoning qayta tiklanishini ta’minlovchi qadamlarga hissa qo‘shishda davom etadi” dedi.

(Birlashgan Millatlar Tashkiloti) 31-may kuni Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Joe Biden tomonidan e'lon qilingan va birinchi bosqichida G'azoda zudlik bilan o't ochishni to'xtatishni ko'zda tutuvchi 3 bosqichli taklifni qo'llab-quvvatlashni talab qiluvchi rezolyutsiya loyihasini qabul qildi.

15 a'zodan iborat BMT xavfsizlik kengashida o'tkazilgan ovoz berishda rezolyutsiya loyihasiga 14 "ha" ovozi, Rossiya esa "betaraf" ovoz berdi.

 


Tanlangan kalimalar: #O't ochish , #G'azo , #BMT , #Turkiya

Aloqador xabarlar