“Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri 2222 terrorist yo’q qilindi

TQK tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyoti boshlaganidan beri roppa-rosa 2222 terrorist yo’q qilindi. Bu haqida Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan bayonot berildi.

920892
“Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri 2222 terrorist yo’q qilindi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyotida yo’q qilingan terroristlar soni 2222 nafarga yetdi.

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan shu haqida berilgan bayonotda, “Zaytun novdasi” amaliyoti doirasida quriqlikdan va havodan uyushtirilgan amaliyotlar natijasida PKK/KJK/PYD-YPG va DEASh terror tashkiloti a’zolaridan yana 38 terroristning yo’q qilinganligi ma’lum qilindi.

Bayonotda shuningdek amaliyot boshlagan 20-yanvardan beri yo’q qilingan terroristlar sonining 2222 nafarga yetganligi ham ilova etildi.

Aytib o’tish joizki TQK bilan ESA Afrinning shimoli-g’arb mintaqasidagi Raju shaharchasiga qarashli Sheyh Mehmetli qishlog’ini terror tashkilotidan qutqardi.

Shuningdek TQK va ESA 26-fevral kuni, Afrindagi terroristlarning Turkiya chegarasi bilan bo’lgan aloqasini butunlay uzgan edi.

TQK va amaliyotini qo’llab-quvvatlagan ESA, “Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri YPG/ PKK-DEASh terror tashkiloti tomonidan bosib olingan Afrinda 1 ta shaharcha markazi, 88 ta qishloq, 6 ta mahalla va 20 ta strategik tog’ yoki tepalik, 1 ta YPG/ PKK terror tashkilotiga oid baza bo’lish bilan birga roppa-rosa 116 ta nuqtani tashkilotdan qutqardi.



Aloqador xabarlar