Erdog’an, Quddus masalasida fikridan qaytmasliklarini qayd etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning G'arbiy Afrika sayohati davom etmoqda.

920423
Erdog’an, Quddus masalasida fikridan qaytmasliklarini qayd etdi
erdogan moritanya.jpg

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, Quddus masalasida fikridan qaytmasliklarini qayd etdi.

Prezident Erdog’an amaliy tashrif bilan Mavritaniyaga borar ekan u yerda kasbdoshi Muhammed Veled Abdulaziz tomonidan berilgan ziyofatda ishtirok etdi.

Ortidan Prezident Erdog’an G’arbiy Afrika sayohatining uchinchi bekati Senegalga jo’nab ketishdan oldin Novakshot aeroportida kasbdoshi Muhammed Veled Abdulaziz bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Turkiya bilan Mavritaniya o’rtasidagi yutuq strategiyasi asosida hamkorlik tashkil etilajagini ta’kidlagan Erdog’an, ayniqsa xususiy turk firmalari investitsiyalarining orttirilishi uchun tashvik etganliklarini yetkazdi.

Erdog’an o’tgan yilning dekabr oyida Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchining ishbilarmonlar bilan Mavritaniyada bo’lib qaytganligini eslatgan holda, bu gal ham Zeybekchining turk ishbilarmonlar bilan birgalikda mavritaniyalik ishbilarmon vakillari ila mushtarak yig’ilish o’tkazganliklari haqida gapirdi.

Oxirgi vaqtlarda ayniqsa baliqchilik tarmog’ida rivojlanish kuzatilganligini tilga olgan Prezident Erdog’an o’z so’zini quyidagicha davom etdi:

“Haligacha 40 dan ortiq baliqchi kemamiz Mavritaniyada faoliyat olib bormoqda. Mavritaniyaning kon sanoati tarmog’ida jiddiy saloyihati borligidan xabarim bor. Biz ham Turkiya sifatida bu tarmoqda jiddiy tajribalarga egamiz. Shunday ekan Xudo xohlasa bularni mavritaniyalik qardoshlarimiz xizmatiga ham taqdim etamiz.

Kelasi yili Qo’shma iqtisodiy komissiyaning birinchi yig’ilishini o’tkazamiz. Bugun ikkala mamlakat o’rtasida turizm, qishloq xo’jaligi, iqtisodiyot, kon sanoati tarmoqlarida turli shatnoma va protokollarga qo’l qo’yildi. Bu shartnomalar mavjud munosabatimiz kuchiga-kuch qo’shadi”.

Erdog’an, iqtisodiy tarmoqdagi o’sish sabablaridan birininig Turk havo yo’llarining Novakshot safarlari ekanligiga e’tibor qaratdi.

Mudofaa sanoati tarmog’idagi tajribalarini ham mavritaniyaliklar bilan almashmoqchi ekanliklarini qayd etgan Prezident Erdog’an,

“Turkiya bu sohada oxirgi vaqtlarda ancha rivojlandi. Sohilda joylashgan davlatlar duch kelgan terror xavfini eng yaxshi tushinib turgan davlatlardan biri hech shubhasiz Turkiyadir” dedi.

Turkiyaning 2016-yilning 15-iyuli kuni Fetullahchi terror tashkilotining to’ntarish tashabbusiga duch kelganligini eslatgan Prezident Erdog’an, “15-iyul shu bilan birga bizga haqiqiy do’stlarimizning kim ekanligini ko’rsatdi. Men Hurmatli Prezidentimizga yurtimizga ko’rsatgan do’stligi uchun takror minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek Mavritaniya rasmiylariga, FETOga qarshi olib borilgan kurash doirasida bergan yordamlari uchun chuqur minnatdorchilik izhor etaman” deya gapirdi.  

Erdog’an, “Mavritaniyadagi FETO maktablari Maorif fondiga topshirildi. Fondimizning Mavritaniyadagi xizmatlarini Mavritaniya Xalq ta’lim vazirligi bilan birgalikda olib borishiga ishonchim komil” degan ifodalarga o’rin berdi.

O’z so’zida Quddusning ahamiyatiga e’tibor qaratgan Prezident Erdog’an, bu shaharning ayni vaqtda xristian dunyosi uchun ham muhim ekanligini eslatdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bu borada:

“Amerika Qo’shma Shtatlari Quddusni o’zlarining elchixinosi deb tan olishi bizni qiziqtirmaydi. Biz Quddus borasida fikrimizdan qaytmaymiz. Quddus Falastinning poytaxtidir. Buni allaqachon e’lon qilganmiz” dedi.

G’arbiy Afrika sayohati doirasida Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Mavritaniya ortidan Senegalga qarab yo’l oldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdog'an

Aloqador xabarlar