Prezident Erdog’an Jazoirga bo’lgan tashrifi ortidan Mavritaniyaga qarab yo’l oldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning Afrika safari davom etmoqda.

920280
Prezident Erdog’an Jazoirga bo’lgan tashrifi ortidan Mavritaniyaga qarab yo’l oldi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an Jazoirga bo’lgan tashrifi ortidan Mavritaniyaga qarab yo’l oldi.

Prezident Erdog’anga atab Jazoirning Houari Boumediene aeroportida rasmiy kuzatish marosimi uyushtirildi.

Marosimda Jazoir tomonidan Jazoir Xalq kengashi rahbari Abdelkader Bensalah, Tashqi ishlar vaziri Abdelkader Messahel, Pochta, aloqa va axborot texnologiyalari vaziri Houda Imene Feraoun va Turkiyaning Jazoir elchisi Mehmet Poroy ishtirok etdi.

Prezident Erdog’an bilan turmush o’rtog’i Emine Erdog’an, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Madaniyat va turizm vaziri Numan Kurtulmush, Oziq-ovqat, qishloq-xo’jaligi va chorvachilik vaziri Ahmet Eshref Fakibaba, Bojxona va savdo vaziri Bulent Tufenkchi bilan Energiya va tabiiy manbaalar vaziri Berat Albayrak ham Mavritaniyaga jo’nab ketdi.  

Prezident Rajap Tayyip Erdog’anning 26-fevral kuni Jazoirga bo’lgan amaliy tashrifi bilan boshlagan Afrika safari Mavritaniya, Senegal va Mali bilan 2-martgacha davom etadi.



Aloqador xabarlar