Turkiya va AQSh o’rtasida Afrin bo’yicha diplomatik muzokara yo’q

Turkiya va Amerika Qo’shma Shtatlari o’rtasida Afrin bo’yicha diplomatik muzokara yo’q.

919287
Turkiya va AQSh o’rtasida Afrin bo’yicha diplomatik muzokara yo’q

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi voizi Hami Aksoy, AQSh bilan Turk Qurolli kuchlari o’rtasida PKK/KJK/PYD-YPG va DEASh terror tashkiloti a’zolarini yo’q qilish maqsadida, Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan amaliyot borasida, hech qanday diplomatik muzokaraning yo’qligini qayd etdi.

AQSh Mudofaa vazirligi voizi Dana White, Turkiya bilan AQSh o’rtasida Afrindagi muammoni hal qilish maqsadida diplomatik muzokaralar olib borilayotganligini iddio qilgan edi.

Pentagon voizlaridan polkovnik Robert Manning va mayor Adrian Rankine-Galloway Suriya bo’yicha bayonotlar bergan edi.

Kundalik matbuot anjumanida nutq so’zlagan polkovnik Robert Manning, Afrinda tinchlik o’rnatish uchun Turkiya bilan muzokaralarning davom etayotganligini qayd etgan edi.

Manni, PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti YPG/ PYD terror tashkilotining Bashar al-Asad rejimi bilan o’tkazgan uchrashuvlari haqida esa hech qanday ma’lumotlari yo’qligini ilgari surgan.  



Aloqador xabarlar