Turkiya Afg’onistonga hamdardlik bildirdi

"Afg'onistonda ro'y bergan terrorchilik harakatlarida ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan Afg’oniston hukumatiga va qardosh afg’on xalqiga chuqur ta’ziya izhor etamiz”,-deyiladi bayonotda.

917621
Turkiya Afg’onistonga hamdardlik bildirdi

Turkiya kecha Afg’onistonning Farax va Hilmond viloyatlarida ro’y bergan terrorchilik harakatini qoraladi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

“Afg’onistonda sodir bo’lgan terror hujumini qoralaymiz. Hujumda halok bo’lganlarni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin. Yaradorlarning tezda sog’ayib ketishini tilab qolamiz. Ushbu terrorchilik harakatlarida ko’plab insonlarning halok bo’lganligi munosabati bilan Afg’oniston hukumatiga va qardosh afg’on xalqiga chuqur ta’ziya izhor etamiz”,-deyiladi bayonotda.

Eslatish joizki, Afg’onistonning poytaxti Kobulda ro’y bergan hujumda 1 kishi halok bo’lgandi, 6 kishi yaralangandi.

Farax viloyati Balabuluk tumanida joylashgan harbiy bazaga sodir etilgan hujumda kamida 25 nafar harbiy halok bo’lgandi.

Shuningdek, Hilmond viloyatida bomba ortilgan ikkita mashina vositasida sodir etilgan hujumda esa, 2 kishi halok bo’lgandi.

 



Aloqador xabarlar