Erdog’an, “Bu yilgi yoz mavsumi terror tashkiloti uchun murakkab o’tadi”.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an yoz mavsumining ham terror tashkiloti, ham da ularni qo’llab-quvvatlaganlar uchun murakkab o’tajagini qayd etdi.

916876
Erdog’an, “Bu yilgi yoz mavsumi terror tashkiloti uchun murakkab o’tadi”.

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bu yilgi yoz mavsumining ham terror tashkiloti, ham da ularni qo’llab-quvvatlaganlar uchun murakkab o’tajagini qayd etdi.

Prezident shuningdek Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Erdog’an, o’z partiyasi markazida viloyat rahbarlarining kengaytirilgan yig’ilishida nutq so’zladi.

Erdog’an mazkur nutiqda terrorizmga qarshu kurashdagi Turkiyaning qarorliligi va kurashning tezlashtirilajagini ta’kidladi.

Shu doirada,

“Bu yil yoz mavsumi ham terror tashkiloti, ham da ularni qo’llab-quvvatlaganlar uchun murakkab o’tadi. Eng avvalo Suriyaning Manbij mintaqasini terroristlardan qutqarib, ortidan Firat daryosining sharqini butunlay xavfsiz hududga aylantiramiz. Ungacha to’xtamay, o’z faoliyatlarimizni davom ettiramiz” dedi.

O’z nutqida, Turq Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida PKK/KCK/PYD-YPG va DEASh terror tashkilotini yo’q qilish, do’st va qardosh mintaqa xalqini tazyik va zulumlardan qutqarish maqsadida 20-yanvar kuni boshlatilgan Zaytun novdasi amaliyotiga ham to’xtalgan Erdog’an, 

“Bugun ertalab 1873 nafar terroristni yo’q qilish orqali qariyb 415 kilometrlik maydonni nazorat ostiga oldik. Tezlik bilan Afrin shahar markazini qurshab olib, terroristlarning tashqari bilan bo’lgan aloqasini uzgandan keyin, yangi strategiyalar bilan amaliyotni davom ettiramiz” dedi.   

Erdog’an, qahramon Turk askarlari tomonidan buyuk fidokorlik bilan terror tashkilotining Turkiyaga qarshi hujumlariga monelik qilish uchun tayyorlangan xandaklar yordamida Afrin tomon ilgarilaganini ifoda etdi.  

Erdog’an, TQK tomonidan mintaqadagi muhim tepaliklarning yirik qismining terroristlardan qutqarilganligi uchun amaliyotning bundan keyingi qismining yana-da tez ilgarilashidan umidvor ekanliklarini belgilab o’tdi.

Erdog’an, Amerika Qo’shma Shtatlari Mudofaa vazirligi (Pentagon) Matbuot kotibi Dana Whitening, Suriya rejimini qo’llab-quvvatlagan terroristlarning Afringa o’tib, PKK/ PYD-YPG terror tashkilotiga yordam berishi haqidagi bayonotiga ham to’xtalar ekan bu haqida,

“Eng yomoni shundaki ittifoqimiz, biz bilan siyosiy va harbiy tarmoqda chuqur hamkorlik qilgan ba’zi mamlakatlarning ikki yuzlamachiligi, hatto jiddiyatsizligidir. Kecha huddi mana shunday mamlakatlardan birining go’yo mudofaa vazirligi matbuot kotibi chiqib, hech uyalmagan holda Afrinda tinch aholining o’ldirilganligi, insonlarning tazyik yuzasidan o’z uy-joylariga qaytolmaganligi haqida gapirmoqda. Sharqiy Gutada har kuni yuzlab bolaning, ayolning, keksaning xullas tinch aholining o’ldirilishidan sal bo’lsa ham bezovta bo’lmagan vijdonsiz va ahloqsizlar yana o’tirib bu yerdagi terrorizmga qarshi kurashdan bezovta bo’lmoqda. Noto’g’ri ma’lumotlar tarqatyapsiz. Tinch aholi bilan terroristlarni bir-biridan ajratmaganimizda edi Afrin amaliyoti allaqachon tugagan bo’lar edi” deya gapirdi.    



Aloqador xabarlar