“Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri 1829 terrorist yo’q qilindi

TQK tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyoti boshlaganidan beri roppa-rosa 1 829 terrorist yo’q qilindi. Bu haqida Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan bayonot berildi.

915684
“Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri 1829 terrorist yo’q qilindi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida olib borilayotgan Zaytun novdasi amaliyotida yo’q qilingan terrorist soni 1829 nafarga yetdi.

Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab Boshqarmasi tomonidan shu haqida berilgan bayonotda, “Zaytun novdasi” amaliyoti doirasida quriqlikdan va havodan uyushtirilgan amaliyotlar natijasida PKK/KCK/PYD-YPG va DEASh terror tashkiloti a’zolaridan yana 49 terroristning yo’q qilinganligi ma’lum qilindi.

Bayonotda amaliyot boshlagan 20-yanvardan beri yo’q qilingan terroristlar sonining 1829 nafarga yetganligi ham ilova etildi.

Aytib o’tish joizki TQK bilan ESA Afrinning janubi-sharq mintaqasidagi Jinderes shaharchasiga qarashli Till Dilur qishlog’i bilan Afrinning shimolidagi Mikdad va Ali Raju qishloqlarini terroristlardan qutqardi.

TQK amaliyotini qo’llab-quvvatlagan ESA, “Zaytun novdasi” amaliyoti boshlaganidan beri YPG/ PKK-DEASh terror tashkiloti tomonidan bosib olingan Afrinning 5 shaharchasida 1 ta shaharcha markazi, 66 ta qishloq, 6 ta mahalla va 20 ta strategik tog’ yoki tepalik, 1 ta YPG/ PKK terror tashkilotiga oid baza bo’lish bilan birga roppa-rosa 94 ta nuqtani tashkilotdan qutqargan bo’ldi. 



Aloqador xabarlar