Chavusho’g’li, Asad kuchlarining Afringa kirishi haqidagi mish-mishlarga to’xtaldi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, amaliy tashrif bilan Anqaraga kelgan Jazoir Tashqi ishlar vaziri Abdulkadir Mesahil bilan o'zaro va hay’atlararo uchrashuv o’tkazar ekan ortidan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

915960
Chavusho’g’li, Asad kuchlarining Afringa kirishi haqidagi mish-mishlarga to’xtaldi

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Turkiyaning, PKK/PYD-YPG terror tashkilotini himoya qilish uchun Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumaniga o’tishga harakat qilgan hech qaysi kuchga imkon bermasligini qayd etdi.  

Chavusho’g’li amaliy tashrif bilan Anqaraga kelgan Jazoir Tashqi ishlar vaziri Abdulkadir Mesahil bilan o'zaro va hay’atlararo uchrashuv o’tkazar ekan ortidan, mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Mazkur anjumanda Chavusho’g’li, Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanida PKK/KCK/PYD-YPG va DEASh terror tashkilotini yo’q qilish, do’st va qardosh mintaqa xalqini tazyik va zulumlardan qutqarish maqsadida 20-yanvar kuni boshlatilgan Zaytun novdasi amaliyotini baholadi.  

PKK/KCK/PYD-YPG va DEASh terror tashkilotining Turkiyaga qarshi hamkorlik ichida ekanligini ta’kidlagan Mevlut Chavusho’g’li,

“Bu terror tashkilotlarini bu yerdan (Suriyaning shimolidan) tozalaymiz. Suriyaning chegara va hududiy yaxlitligi masalasini tez-tez kun tartibiga olib chiqdik. Biz ishtirok etgan har bir yig’ilishda bu masalaga to’xtaldik” dedi.

O’tgan 2017-yilning 22-noyabri kuni Rossiyaning Sochi shahrida, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin va Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy ishtirokida bo’lib o’tgan Suriya sammitiga ham to’xtalgan Chavusho’g’li,

“Sochidagi liderlar sammitini Istanbulda o’tkazamiz. Buni o’zaro ravishda, navbatlashib o’tkazishni davom ettiramiz. Chunki, PKK/PYD-YPG terror tashkilotining niyati Suriya tuproqlarini bo’lishdir. Ular o’zlari qatorida o’rin olmagan hammani badarg’a qilgan vaziyatda” deya gapirdi.

Ommaviy axborot vositalarida o’rin olgan, Suriya rejimi lideri Bashar al-Asadning Afringa kirish uchun terroristlar bilan kelishib olganligi haqidagi mish-mishlarga ham to’xtalgan Chavusho’g’li,

“Bizning qarorimiz qat’iy. PKK/ PYD-YPG terror tashkilotiga qarshi kurashgan hechkimga qarshi emasmiz. Chunki terror tashkiloti hammamizning mushtarak dushmani hisoblanadi. Lekin YPG terror tashkilotini himoya qilish uchun Afringa kirmoqchi bo’lganlarga ruxsat bermaymiz. Avval 5-10 mashinalik konvoy tashkil etdi, unga qarshi kerakli chora va tadbirlar ko’rildi. Qaysi davlat ekanligi bizni qiziqtirmaydi. YPG/ PKK terror tashkilotini qo’llab-quvvatlamoqchi bo’lganlar biz uchun PYD/ PKK terror tashkiloti deganidir. Kerakli chorani ko’ramiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

 

 



Aloqador xabarlar