Bosh vazir Binali Yildirim Germaniyada hamkasbi Angela Merkel bilan uchrashdi

Bosh vazir Binali Yildirim, PKKning bir terror tashkiloti ekanini takrorlab, “ PYD/YPG ham terror tashkilotidir. Darhaqiqat  YPG, PYD/PKKning Suriya qanotidir.” dedi.

911834
Bosh  vazir Binali Yildirim Germaniyada hamkasbi Angela Merkel bilan uchrashdi

Bosh vazir Binali Yildirim, PKKning bir terror tashkiloti ekanini takrorlab, “ PYD/YPG ham terror tashkilotidir. Darhaqiqat  YPG, PYD/PKKning Suriya qanotidir.” dedi.

Binali Yildirim, amaliy safari uchun borgan Germaniyada hamkasbi Angela Merkel bilan uchrashuv o’tkazdi.

Ikki  Bosh vazir keyinchalik qo’shma matbuoti anjuman uyushtirdi, jurnalistlarning savollariga javob  berdi.

Mekelni 2017- yili 2- fevralda poytaxt Anqarada mehmon qilganlarini eslatgan Yildirim, o’zi bilan taxminan bir yil  tanaffusdan keyin takror uchrashgani tufayli mamnun ekanini tilga oldi.

Bosh vazir Yildirim, merkel bilan Turkiya va Germaniya o’rtasida o’zaro aloqalar chegarali zamonda muhokama qilish  fursat topganlarini  aytdi.

Ayniqsa Germaniyada yashagan 3 milliondan ziyod urug’doshimiz, ikki o’lka o’rtasidagi aloqalarda  muhim bir ko’prik ekanini ta’kidlagan Yildirim, ularning mavjudiyati, Turkiya- Germaniya aloqalarining ta’minoti ekanini ifoda etdi.

Turkiya mintaqasida terrorga qarshi kurashar ekan, faqatgina   o’z yurtdoshlarning jon va mol xavfsizligini himoya qilishga harakat qialdi degan Yildirim, shunday davom etdi.

“ Ayni  paytda NATOning chegaralarini ham himoya qiladi, ayni zamonda Suriya va Iroqda sodir bo’lgan ichki urush, ko’ch va DEASh terror tashkiloti, boshqa terror tashkilotlari  bergan zararlarga qarshi  ham  ko’ch to’lqinini oldini olgan bir o’lkadir. 3,5 million qochqinni mehmon qilamiz, ularning har turli ehtiyojlarini qondiramiz.

Ularning har turli ehtiyojlarini qondiramiz. Buni amalga oshirar ekan, terror tashkiloti faoliyati Germaniyada  tarqalishi  yoki umuman  Yevropada keng tarqalishining oldini olamiz. Bu mavzuda Yevropa ittifoqi bilan mushtarak faoliyatimiz mavjuddir. Xonim kansler Merkel bu mavzuda katta  yordamlari bo’ldi. Qochqinlar bo’lgan yerda ta’lim, sog’lik, joylashishlariga  yordam   berish  uchun ittifoqda bir qaror olindi. Bu, ba’zi  kamchiliklarga qaramasdan davom etmoqda.  Yana bir bor bu mavzuda  xonim kanslerning qarorli va yordamining  davomi mavzusidagi  so’zlaridan  juda xursandman.” dedi.

Turkiya- Germaniya aloqalarida ma’lum sezgirlik bo’lganini ham ma’lum qilgan Yildirim,

“ PKK terror tashkilotidir, PYD/ YPG ham terror tashkilotidir. Darhaqiqat YPG, PYD/PKKning Suriyadagi  qanotdir. Buni Angliyada, AQSh  milliy xavfsizlik tashkiloti ham ifoda etadi. Shu bois nomlari nima bo’lsa bo’lsin, bularning maqsadi mintaqada huzur- halovatni buzish va yangi muammo sohalari tashkil etishdir. Bu kurashni olib borar ekan do’stlarimizni yana ko’proq yonimizda ko’rishni orzu qilamiz.” ma’lum qildi.

Yildirim, DEASh bilan kurashdagi qarorlik bu terror tashkilotlariga qarshi kurashda  ham ayni shaklda davom ettirilishini istadi.

Turk qurolli  kuchlarining Suriyaning Afrin hududida yuritayotgan Zaytun novdasi deb nomlangan harbiy operatsiya ham   ayni maqsad uchun deb  ishora qilgan Yildirim, “ Barcha  u yerdagi ma’sum insonlarga zulm qilgan terror tashkilotlarini ta’sirsiz holga keltirish uchun olib borilgan  kurashni ham gaplashish fursatini topdik.” Dedi.

Germaniya kansleri Angela Merkel esa, mushtarak matbuoti anjumanida, Yildirim, qanchalik qiyin bo’lsa bo’lsin o’zaro aloqalarda sodir bo’lgan muammolarni yechish uchun har turli sa’y- harakat qilishga tayyor ekani ma’lum qilib, o’tgan oylarda sodir bo’lgan muammolar sekin- asta hal etishga  harakat qiladi dedi.

Huquq davlat mavzularini ham ko’rib chiqqanlarini qayd etgan Merkel,, 15- iyun harbiy to’ntarish tashabbusini qoralaganlarini, muammolar borasida yuritilgan tergovlar huquq davlati asoslari doirasida amalga oshirilishi kerakligini va Turkiyada siyosiy jinoyatlardan qamoqda bo’lgan Nemis yurtdoshlarining ozod qilinishi mavzusi yana bir bor ko’rib chiqildi dedi.

Turk hukumati, Turkiyada  Suriyalik qochqinlarning  ta’lim mavzusida Yevropa ittifoqi tomonidan va’da qilingan pul tartibli ravishda  davom etishini istaganini qayd etgan Merkel, o’zi ham bu mavzuda Turkiyaga va’da qilingan 3 milliard yevropa bilan bir qatorda 3 milliard yevroni  to’lash  mavzusida Yevropa ittifoqiga murojaat qilish uchun va’da berdi.

Turkiya bilan aloqalarning  ahamiyatiga urg’u bergan Merkel, mushtarak qadriyatlarning himoyasi  va o’zaro aloqalarni mustahkamlashning ahamiyatiga ishora qildi.

Merkel, bir Turk  jurnalistining terror tashkiloti PKK a’zolarining  Germaniyadagi jome- masjidlarga qarshi hujum qilishlari   borasidagi  tushunchangiz deb berilgan savolga, xah jome, xah sinagog, xah cherkov bo’lsin, shiddatga ruxsat bermaymiz va ma’sum insonlarning  himoyasi uchun barcha chora- tadbirlarni olishga davom etamiz deb qayd etdi. Kansler  Merkel Germaniyada yashagan barcha xorijiylar bilan birgalikda yashashga chaqirdi.

 



Aloqador xabarlar