Turkiya qurolli kuchlari Idlibdagi keskinlikdan holi zonada kuzatuv markazi tashkil qiladi

Kecha oqshom Turkiya-Suriya chegarasidan o'tgan Turkiya qurolli kuchlariga tegishli harbiy bo'linmalar Idlib viloyati Maarretnuman tumaniga qarashli As Sirman qishlog'iga kelib joylashdi.

911054
Turkiya qurolli kuchlari Idlibdagi keskinlikdan holi zonada kuzatuv markazi tashkil qiladi

Turkiya qurolli kuchlari bo'linmalari Idlibdagi keskinlikdan holi zonada kuzatuv markazi tashkil qilish uchun Maarretnuman tumaniga qarashli As Sirman qishlog'iga yetib keldi.

Ta'kidlanishicha, Ostona kelishuvi doirada Idlibdagi keskinlikdan holi zonada sulh bitimini buzish holatlarini kuzatish markazi tashkil qilinadi.

Shu maqsad bilan kecha oqshom Turkiya-Suriya chegarasidan o'tgan Turkiya qurolli kuchlariga tegishli harbiy bo'linmalar Idlib-Afrin liniyasidan janubga tomon yo'l oldi.

Harbiy karvon Idlib viloyati Maarretnuman tumaniga qarashli As Sirman qishlog'iga kelib joylashdi.

Kuzatuv markazi Turkiya-Suriya chegarasidan taxminan 70 km pastlikda joylashadi.

Ushbu hududga taxminan 10 km uzoqlikda Beshar Asad rejimi askarlari va Eron tomonidan qo'llab quvvatlangan guruhlar o'rin olgan.

Eslatish joizki, Qozog'istonning poytaxti Ostonada kafolatchi davlatlar Turkiya, Rossiya va Eron o'rtasida tuzilgan kelishuv doirasida Turkiya qurolli kuchlari 2017 yil 12 oktyabr kuni Idlibda keskinlikdan holi zonada sulh bitimini buzish holatlarini tekshirish maqsadida shtab tashkil qila boshlagandi.

Kelishuvga binoan, bosqichma-bosqich Idlib shimolidan janubga tomon ketgan territoriyada Turkiya qurolli kuchlari jami 12 hududda kuzatuv markazlarini tashkil qilishi nazarda tutilgandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar