Turkiya nazaridan Yaqin Sharq 7-qism

Dasturimizning bugungi sonida Suriyadagi PYD terror tashkilotiga qarshi kurashda Turkiya bilan Rossiyaning hamkorligi va AQShning Suriyadagi o’rni haqida so’z qilamiz.

909103
Turkiya nazaridan Yaqin Sharq 7-qism

Aziz dasturimiz kuzatuvchilari,

Joriy yilning 20-yanvari kuni Turkiya Suriyaning Halab viloyatining Afrin tumanini terroristlardan qutqarish maqsadida “Zaytun novdasi” amaliyoti boshlatar ekan shu orqali Suriyadagi vaziyat takror o’zgardi. Mazkur amaliyot asosida Turk Qurolli kuchlarining judayam professional va yangi strategiyalar bilan Afrinni qurshab olishi biz uchun yangilik emas chunki, Turkiya oxirgi 1 yildan beri Afrin amaliyoti uchun tayyorgarlik ko’rayotkan edi. Hatto oxirgi 1 yil mobaynida Afrin amaliyotiga Rossiyaning monelik qilayotganligi haqida mish-mishlar ham tarqadi. Lekin ko’rib turganimizdek Rossiya Turkiyaning amaliyotga bo’lgan tayyorgarligini e’tiborga olgan holda, jarayonni Turkiya xohlagandek boshqardi. Turkiya-Rossiya munosabatlariga tarixiy va hissiy sabablar yuzasidan uzoqdan turib, shubhali yondashgan muhitning oxirgi vaqtlarda ikkala mamlakatning harbiy masalalar bosh bo’lish bilan birga, razvedka tarmog’idagi hamkorligiga ham guvoh bo’lishi bu ikkala mamlakat haqidagi salbiy fikrlarining o’zgarishiga yo’l ochmoqda. Bu chuqur hamkorlik davom etgudek bo’lsa unda Turkiya bilan Rossiya Afrin ortidan Manbijda ham birgalikda faoliyat olib boradi. AQShning, PKK terror tashkilotining Suriyadagi qanoti PYD terror tashkilotiga “Demokratik” so’zini ilova etkan holda “Suriya Demokratik kuchlari” degan nom ostida ularni “qonuniy” tomon sifatida himoya qilishga harakat qilishi ular kutgan natijani bermadi. PYD, Turkiyaning xavfsizligini tahdid ostiga qo’yganidek Rossiyaning manfaatlari va Eronning xavfsizligini ham tahdid ostiga qo’yadigan vaziyatga olib kelindi. AQShning oxirgi 2 yil mobaynida vaqtdan foydalangan holda PYD ustidan tashkil etishga harakat qilgan terror jangarilari kelajakda Suriyada, Rossiya bilan urish olib borish uchun ham foydalanishi mumkin.   

Manbij NATOga muammo yaratishi mumkin chunki Turkiya bilan Rossiya hamkorligi nishonga olingan vaziyatda

AQShning Suriyada bo’lganidek Iroq, Ko’rfaz, Turkiya va Eron kabi mamlakatlarda ham ko’p qirrali strategiyalar ustida ish olib borganini ko’rib turibmiz. AQShning Suriyadagi strategiyalariga qarshi Sochida o’tkazilgan Milliy muloqat kongressida muqobil yo’llar o’rtaga qoyildi. Lekin Sochi kongressi ortidan Afrindagi “Zaytun novdasi” amaliyoti va Idlibda rus uchog’ining urib tushirilish voqeasi Turk-Rus munosabatlarini yana-da muhim nuqtaga olib keldi. Afrinda muvaffaqiyatli amaliyot olib borgan Turkiyaning bu amaliyot ortidan Manbij, Resulayn va Tel-Abyad mintaqalariga qarab yo’l olishi Prezident Rajap Tayyip Erdog’an tomonidan ma’lum qilindi. AQSh esa Manbij amaliyoti haqida bayonot berdi va hatto AQSh Davlat kotibi Rex Tillersonning, “bu borada uchrashuv o’tkazishga tayyormiz” degan so’zlarini ham ilova etsak mubolag’a bo’lmaydi. AQSh rasmiylari Turkiyaga tashrif buyurganida Manbij masalasi uchun yo’l-yo’riq qidirganligi yaqqol ko’rinib turipdi. Chunki Manbij masalasi ustidan AQSh bilan Turkiya o’rtasida muammo tug’ilishi NATOni inqirozga yetaklashi va hatto NATOni tarqatib yuborishi ham mumkin. Yodingizda bo’lsa Afrin amaliyoti boshlaganida NATO, Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashini qo’llab-quvvatlashini bayon etkan edi.   Bu holatda Afrindagi PYD terror tashkiloti “terrorist” deb tan olinib, Manbij va boshqa tumanlardagi PYD terror tashkiloti inkor etilib, Turkiyaning vaziyati hisobga olinmagudek bo’lsa unda xalqaro tashkilotlarda katta muammo tug’iladi. Vaziyatni Rossiya jihatidan qo’lga olganimizda esa Ostona va Sochi jarayoni muvaffaqiyatli natija berishi ortidan Turkiya-Rossiya munosabatlarining buzilishi uchun say-harakatlarning ortganligiga guvoh bo’lamiz. Eng avvalo PYD a’zolari va qurol yordamining Afringa Suriyaning boshqa mintaqalaridan rus nazorat nuqtalari orqali olib kirilganligi haqida ma’lumotlar tarqatilib, Turkiya Rossiyaga qarshi gijlijlandi. Ortidan esa Idlibda rus uchog’i urib tushirilib, aybdorlarning Turkiya tomonidan qo’llab-quvvatlanganligi haqida mish-mishlar tarqatilib, Rossiyani adashtirish payiga tushildi. Lekin Turkiya ham Rossiya ham bu qoralovchi propagandalarning sababini bilganligi uchun o’zaro munosabatlarini yana-da orttirdi. Hatto bu voqealar ortidan mazkur ikkala mamlakat hamkorligida vertolyot ishlab chiqarish haqida shartnoma imzolash rejalari o’rtaga tashlandi.  

AQShning Suriyadagi o’rni Bashar al-Asad va PYD terror tashkilotiga bog’likdir

AQShning Ostona va Sochi jarayonini muvaffaqiyatsizlikka yetaklash uchun PYD terror tashkilotidan qurol sifatida foydalanganligi ma’lum bo’ldi. AQSh nazorati ostidagi Suriya Muzokara hay’atining Sochidagi kongressda ishtirok etmasligini e’lon qilishi va buning sababining Bashar al-Asad bilan olingan har qanday qarorga qarshi ekanliklarini ma’lum qilishlari tasoduf emas edi. AQSh, ayniqsa Eronning Suriya muammosini Asadsiz hal qilish fikriga qarshi ekanligini bilganligi uchun muxolif bir bo’lak guruhni bu masalaga undagan. Shuningdek Bashar al-Asad ham o’z o’rnini qo’ldan boy bermaslik uchun AQShning bu say-harakatidan foydalangan. Chunki Mihrach Uralning yolg’on hujjatlar orqali Sochi kongressida ishtirok etishi Asad rejalaridan biri edi. Nima bo’lishidan qat’iy nazar AQSh ham, Asad ham bir-birlarini kafolat ostiga olishni ko’zlamoqda. Asadsiz Suriyada AQShning borligi mubohasalarga yo’l ochar ekan AQShsiz Suriyada Asadning keragi yo’q. AQSh jihatidan Asadning o’z hukmronligidan uzoqlashishi unchalik ham muhim emas edi lekin Asad hukmronligi davom etkan sayin AQShning Suriyadagi o’rni kafolat ostiga olinmoqda. AQShning Suriyadagi faoliyatlariga qarshi Sochida uyushtirilgan Suriya Milliy muloqat kongressida Jeneva jarayoniga, siyosiy tinchlik strategiyasi tashkil etish imkoni berildi. Faqat bu imkondan foydalanilmagudek bo’lsa Turkiya, Rossiya va Eron o’rtasida yangi jarayonga kirilishi mumkin. AQShning aralashuvlariga qaraganda tinchlik jarayonining Jenevada tamomlanishi ham qiyindek. Uchala lider balkim mart oyida Istanbulda bo’lib o’tadigan sammitda Suriyada siyosiy tinchlik va Afrin ortidan Turkiyaning rejalari muzokara qilinadi. Sochidagi kongressda shartnoma asosi tashkil etilmagan mavzularning Istanbul sammitida qo’lga olinib, natijalanishi mumkinligini aytishimiz mumkin.

Aziz dasturimiz muxlislari, Rossiya tadqiqotlari instituti yetakchisi, poytaxt Anqarada joylashgan Yildirim Beyazit nomidagi universitet o’qituvchisi, professor doktor Salih Yilmazning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar