Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Rimga yetib keldi

Rajap Tayyip Erdo’g’an va turmush o’rtog’i Emina Erdo’g’anni Rimdagi xalqaro aeroportda Turkiyaning Vatikandagi elchisi Mehmet Pachaji, Turkiyaning Rimdagi elchisi Murat Salim Esenli, Vatikan va Italiya hukumati vakillari kutib oldi.

903622
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Rimga yetib keldi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Rimga yetib keldi.

Rajap Tayyip Erdo’g’an va turmush o’rtog’i Emina Erdo’g’anni Italiyaning poytaxti Rimdagi “Fiumicino Leonardo da Vinci” xalqaro aeroportida Turkiyaning Vatikandagi favqulodda va muhtor elchisi Mehmet Pachaji, Turkiyaning Rimdagi favqulodda va muhtor elchisi Murat Salim Esenli, Vatikan tomondan protokol rahbari Jose Bettancourt, Italiya tomondan protokol rahbari Riccardo Guariglia hamda Vatikan va Rimdagi Turkiya elchixonalari xodimlari kutib oldi.

Erdo’g’an Rimda Italiya prezidenti Sergio Mattarella bilan uchrashadi.

So’ngra, Italiya bosh vaziri Paolo Gentilonini qabul qiladi.

Shuningdek, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Rimda yirik italyan firmalari rahbarlari bilan uchrashadi.

Eslatma: Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bugun 5 fevral dushanba kuni Turkiya vaqti bilan soat 11:30da Papa Franciscus bilan uchrashadi.

Eslatish joizki, Erdo’g’anning Vatikanga tashrifi 59 yil oradan so’ng prezident darajasida amalga oshirilgan ilk davlat tashrifi bo’lib hisoblanadi.



Aloqador xabarlar