Idlibda, TQKga oid konvoyga qarshi hujum uyushtirildi

Suriyaning Idlib shahrida, Turk Qurolli kuchlariga oid konvoyga qarshi qurolli terroristlar tomonidan hujum uyushtirildi.

900432
Idlibda, TQKga oid konvoyga qarshi hujum uyushtirildi

Suriyaning Idlib shahrida, Turk Qurolli kuchlariga oid konvoyga qarshi qurolli terroristlar tomonidan hujum uyushtirildi va oqibatida harbiy bo’lmagan ma’sul xodimlardan biri shahid bo’lar ekan, 1 nafar harbiy bo’lmagan ma’sul xodim bilan 1 askar tan jarohati oldi.

Turk Qurolli kuchlari tomonidan shu haqida berilgan bayonotda, Idlibning shimolida turk harbiy konvoyiga qarshi hujum uyushtirilganligi ma’lum qilindi.

 Bayonotda shuningdek,

“Hujum oqibatida konvoydagi harbiy bo’lmagan qahramon ma’sul xodimlarimizdan biri shahid bo’lar ekan, 1 nafar qahramon askarimiz bilan 1 nafar harbiy bo’lmagan ma’sul xodimimiz tan jarohati oldi. Hujumda jon bergan aziz shahidimizga Olloxdan rahmat tilab, oilasiga chuqur ta’ziya izhor etib, sabir tilab qolamiz. Tan jarohati olgan qahramon do’stlarimizga shifo tilaymiz” deyildi.

Shu bilan birga Turkiya Respublikasi O’rmon va suv ishlari vaziri Veysel Ero’g’li, ijtimoiy media hisobi orqali mazkur hujumda shahid bo’lgan qahramonning Davlat Suv xo’jaligi boshqarmasi xodimi Yasin Tanbog’a ekanligini ma’lum qildi.

Veysel Ero’g’li bu haqida,

“Zaytun novdasi deb nomlangan amaliyotda ishtirok etgan Davlat Suv xo’jaligi boshqarmasi xodimlarimizdan Yasin Tanbog’a shahid bo’ldi va Mahmut Pakyurek og’ir tan jarohati oldi. Serjant O’mer Gunesh esa yengil tan jarohati oldi. Shahidimizga Olloxdan rahmat, tan jarohati olganlarga esa shifo tilaymiz. Oilasi va xalqimizga Ollox sabir bersin” degan ifodalarga o’rin berdi.  

 

 



Aloqador xabarlar