Suriyaning Afrin tumanidan Turkiyaning Kilis viloyatiga raketa kelib tushdi

Chegaradagi Turkiya qurolli kuchlariga qarashli harbiy bo'linmalar darhol Afrindagi terror ob'yektlariga zarba berdi.

899759
Suriyaning Afrin tumanidan Turkiyaning Kilis viloyatiga raketa kelib tushdi

Suriyaning Afrin tumanidan Turkiyaning Kilis viloyatiga raketa kelib tushdi.

Afrinning tog'liq hududlaridagi jangarilar tomonidan bugun soat 10:20 atrofida otilgan raketa Shox Mehmet mahallasiga kelib tushdi.

Raketa zaytun bog'iga kelib tushishi bilan portladi. 

Jabrlanganlar yo'qligi xabar qilindi.

Politsiya xodimlari atrofda xavfsizlik chora-tadbirlarini olgandan so'ng, tekshiruvlar boshlandi.

Chegaradagi Turkiya qurolli kuchlariga qarashli harbiy bo'linmalar darhol Afrindagi terror ob'yektlariga zarba berdi.

Eslatma: "Zaytun novdasi" deb nomlangan harbiy amaliyotlar 20 yanvar kuni boshlandi.

O'sha kundan beri Kilisga 20 ta raketa kelib tushdi. Voqeada 2 kishi halok bo'ldi, bulardan biri suriyalik.

Voqeada 21 kishi yaralandi.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Kilis , #Afrin , #Turkiya , #raketa , #Zaytun novdasi

Aloqador xabarlar